VINDXUK

VINDXUK — Namibiyaning poytaxti, dengiz satxidan 1600 m balandlikda joylashgan. Aholisi 114,5 ming kishi (1999). Muhim t. i. va avtomobil yoʻllari tuguni. T. y. orqali Atlantika okea-ni sohilidagi Uolfish-Bey porti b-n bogʻlangan. Xalqaro aeroport bor. V. qorakoʻl teri savdosining markazi. Oziq-ovqat sanoati (vino, likyor i. ch.), tayyor qismlardan avtomobil yigʻuv korxonalari, tikuvchilik f-kalari bor. Пост … Читать далее

VIBORG

VIBORG — RF Leningrad viloyatidagi shahar. Fin qoʻltigʻi sohilidagi orol va yarim orollarda joylashgan. Saymen kanali yaqinidagi muhim dengiz porti, t. y. tuguni. Aholisi 81 ming kishi (1999). 1293-y. da Viborgda shvedlar qalʼa kurgan, keyinchalik shu qalʼa atrofida shahar vujudga kelgan. 1721-y. Nishtadt sulh shartnomasiga muvofiq Viborgni Rossiya egallagan. 1918—40 y. larda Finlyandiya (Viipuri deb … Читать далее

BREKCHIYA

BREKCHIYA (ital. breccia — parcha, boʻlak) — qirrali boʻlaklardan iborat sementlashgan togʻ jinsi. Boʻlaklari bir sm dan katta. Kelib chiqishiga koʻra, vulkanogen, choʻkindi va tektonik Brekchiyalar boʻladi. Tarkibiga koʻra, bir xil togʻ jinslari boʻlaklaridan (monomikt) va turli togʻ jinsi boʻlaklaridan ( polimikt) tashkil topgan turlari mavjud. Vulkanogen Brekchiya yopishqoq lava boʻlaklarini suyuq lava bilan sementlanishidan … Читать далее

BOREALATLANTIKA OBLASTI

BOREALATLANTIKA OBLASTI — Dunyo okeani zoogeografiya oblastlaridan biri. Arktikaning jan. va Atlantika okeanining shim. qismini egallagan. Borealatlantika Oblastining Arktika oblasti b-n chegarasi shim. da Nyufaundlendning sharqiy sohillaridan Islandiyagacha, undan Barens dengizining Markaziy qismigacha boradi. Jan. da Borealatlantika Oblastining shartli chegarasi Delaver koʻrfazidan Ispaniyaning shim. qirgʻoqlarigacha boʻlgan chiziq boʻylab oʻtadi. Bu oblast fizikgeografik xususiyatlariga binoan BorealPatsifik … Читать далее

VIKINGLAR

VIKINGLAR (qad. skandinavcha) – 8-a. oxiri — 11-a. oʻrtalarida Yevropa mamlakatlariga dengiz yoʻli orqali savdo-sotiq uchun borgan, qaroqchilik va bosqinchilik yurishlari qilgan skandinavlar. Rusda ularni varyaglar, Gʻarbiy Yevropada normannlar deb atash-gan. 9-a. da V. Shim.-Sharqiy Angliyani, 10-a. da esa Shim. Fransiyani bosib olganlar. V. Shim. Amerikaga kadar yetib borishgan. Пост Навигацияси

VESPUCHCHI

VESPUCHCHI (Vespucci) Amerigo (1454, Florensiya — 1512.22.2, Sevilya) — dengiz sayyohi. Ispaniya va Portugaliya flotida xizmat qilgan. 1499 va 1501 — 02 y. larda Jan. Amerikaning shimoliga uyushtirilgan ekspeditsiyalarda qatnashgan. Vespuchchi birinchi boʻlib, u yerlar dunyoning yangi qitʼasi degan fikrni ilgari surgan va uni Yangi Dunyo deb atagan. Keyinroq lotaringiyalik xaritashunos M. Valdzemyuller (1505) Kolumb … Читать далее

VERAKRUS

VERAKRUS — Meksika shtati, mamlakatning jan.-sharqida, Meksika qoʻltigʻi sohilida. Mayd. 71,7 ming km2. Aholisi 6,2 mln. dan ziyod kishi (1990-y. lar oʻrtalari). Maʼmuriy markazi — Xalapa sh. Sharqiy Syerra-Madre togʻlari yon bagʻriga tutashgan dengiz boʻyi pasttekisligida joylashgan. Tropik plantatsiya xoʻjaliklari (kofe, shakarqamish, apelsin, banan, ananas, kakao va b.) bor. Meksikaiing asosiy neft sanoati r-ni. Neft … Читать далее

GIROSKOP

GIROSKOP (giro… va…skop) — aylanish oʻqi fazoda oʻz yoʻnalishini oʻzgartira oladigan tez aylanuvchi qattiq jism. Aylanish oʻqi fazoda erkin aylana olishi uchun Giroskopni kardanli osmaga mahkamlab qoʻyish kerak (q. Kardanli mexanizm). Osma markaziga nisbatan Giroskop istalgan yoʻnalishda burilishi, uning aylanish oʻqi doiraviy konussimon sirt yasab harakatlanishi (q. Pretsessiya) mumkin. Keyingi xususiyati navigatsiya asboblari — girokompas, … Читать далее

BOBURIYLAR DAVLATI

BOBURIYLAR DAVLATI — Zahiriddin Muhammad Bobur asos solgan davlat (15261858). 1517-y. dan boshlab Dehli sultonligitsa ichki nizolar avj olib, sultonlik inqiroega yuz tutdi, mahalliy hokimlar markaziy hukumatga boʻysunmay qoʻydi. Lohurda Davlatxon, Dexlida Ibrohim Loʻdiy, Mevarda Rano Sango mustaqillik eʼlon qildilar. Bobur bundan foydalanib 1519 va 1524-y. lari Kobuldan Panjobga yurish qildi va katta oʻljalar olib … Читать далее

GILMOYA

GILMOYA — gil turlaridan biri. Montmorillonitdan iborat. Oʻzbekistonda Gilmoyani gilvata, togʻ yogʻi, koʻk shiram, soz kesak, toshsovun ham deyishadi. Gilmoya asosan dengiz va okean tublarida vulkan kullari va gillarning ishqorli muhitda fizik va kimyoviy oʻzgarishidan hosil boʻladi. Rangi oq, yashil, kulrang, qoʻngʻir va h. k. Sovunga oʻxshash, yumshoq, issiqda tez qurib, toshga aylanadi. Suvda hajmi … Читать далее