BORJOMI

BORJOMI — Gruziyadagi shahar. Kura va Borjomi daryolari qoʻshiladigan yerda, dengiz sathidan taxm. 800 m balandlikda. Aholisi 19,6 ming kishi (1999). Yozi issiq (iyulning oʻrtacha t-rasi 19°), qishi moʻtadil (yanv. ning oʻrtacha t-rasi — 3°); yiliga 595 mm yogʻin tushadi. Yirik balneologik va iqlimiy kurort, t. y. tuguni. Borjomida mineral suvni boshqa shaharlarga yuborish uchun butilkalarga quyish z-di, teatr va oʻlkashunoslik muzeyi bor.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x