DOGʻ

DOGʻ, dogʻ tushishi (oʻsimliklarda) — q. x. ekinlarining barg, poya, meva va b. qismlarida nobud boʻlgan hujayralardan vujudga kelgan dogʻ bilan tavsiflanuvchi kasallik. Nekrozlarnij bir koʻrinishi. Dogʻ tuproqda oziq moddalarning yetishmasligidan, sanoat chiqindi gazlarining havoni ifloslantirishidan, oʻsimliklarning kuyishi, zamburugʻlar (q. Zamburugʻli kasalliklar), bakteriyalar (q. Bakterial kasalliklar), viruslar (q. Virusli kasalliklar) bilan kasallanishi va b. dan … Читать далее

GʻOʻZA

GʻOʻZA — gulxayridoshlar oilasiga mansub oʻsimliklar turkumi; paxta tolasi olish uchun ekiladigan texnika ekini. 3 ta kenja turkum (Yei8088ursht, Kagrax, §1ig11a)ni oʻz ichiga oladi. Bular bir yillik va koʻp yillik butalar, daraxtlar hamda tropik mintaqa buta va oʻtlaridir. Gʻoʻzaning 50 turi maʼlum. Gʻoʻza turkumida xromosomalar soni dishtoid (2 l = 26) va tetraploid (2 p … Читать далее

ZIGʻIR TOLASI

ZIGʻIR TOLASI — zigir poyasidan olinadigan mahsulot. Mayin, uzun (0,5— 0,1 m), pishiqtola; chiroyli tovlanib turadi. Zigʻir poyasidan ajratib olish uchun poya ivitiladi (q. Ivitshi). Ivitilgan poya ochiq havoda yoki maxsus quritgichda quritiladi. Soʻngra ezish mashinasining tishli joʻvalari (valeslari) orasidan oʻtkazilib, yogʻochlik qismi sindiriladi. Savash mashinasida tola chiqindilar (kalta tola va yogʻochlik)dan tozalanadi. Soʻngra tarash … Читать далее

ZANJABILDOSHLAR

ZANJABILDOSHLAR (Zingiberaceae) — bir pallalilar sinfiga mansub yoʻgʻon ildizpoyali yoki tugunak ildizli koʻp yillik oʻtlar oilasi. Poyasi juda qisqa yoki boʻlmaydi, novdasining rivojlangan qismi soxta poya vazifasini oʻtaydi. Barglari yirik, nashtarsimon, ochiq qinli, tilchali, ikki qator joylashgan. Toʻpguli boshoqsimon yoki roʻvaksimon. Gullari zigomorf, qoʻsh gulqoʻrgʻonli, ikki jinsli, baʼzan ayrim jinsli va ikki uyli. Kosacha va … Читать далее

ZAMBURUGʻLI KASALLIKLAR

ZAMBURUGʻLI KASALLIKLAR, mikoftozlar (oʻsimliklarda) — parazit va yarim parazit zamburugʻlar qoʻzgʻatadigan infeksion kasalliklar. Zamburugʻlar taʼsirida oʻsimliklarda butun organizm yoki uning maʼlum kismi tuzilishi va fiziologik funksiyasining buzilishiga sabab boʻluvchi kasallik (patologiya) jarayoni vujudga keladi. Boshqa oʻsimlik kasalliklariga nisbatan koʻp tarqalgan va zararli; ular oʻsimlik hosilini va mahsulot sifatini pasaytiradi, mevali va rezavor oʻsimliklarning hosil berish … Читать далее

ILOQ

ILOQ (Carex physodes) — hiloldoshlar oilasiga mansub ildizpoya koʻp yillik oʻt. Boʻyi 15—20 sm, poyasi uch qirrali, barglari ensiz, gullari koʻrimsiz. Mevasi qoʻngʻir. Ildizpoyasi 10 — 20 sm chuqurlikka joylashib, har 10—20 sm dan poya chiqaradi. Shuning uchun ildizpoyasining boshlangan va tugagan joyini topish qiyin. Iloq qalin va chigal toʻr ildiz hosil qilib, qumni koʻchmaydigan … Читать далее

IVITISH

IVITISH — 1) toʻqimachilikda — tolali oʻsimliklar (kanop, zigʻir, jut va b.) poyasidan tolalarni ajratib olishga tayyorlash jarayoni; bunda tolalarni bir-biriga yopishtirib turgan pektin moddalar eriydi (parchalanadi). Poya yoki uning poʻstlogʻini sovuq yoki issiq suvda, bugʻda, har xil kimyoviy moddalar taʼsirida, dalaning oʻzidagi namgarchilikda Ivitish mumkin. Suvda Ivitish har xil mikroorganizmlarning faoliyatiga asoslangan. Sovuq suvda … Читать далее

KOLRABI

KOLRABI, Kolrabi karami (Brassica gongyloides L.) — ikki yillik sabzavot ekini, karamning bir turi. Birinchi yili poyameva beradi; ikkinchi yili esa gul novdalar chiqarib, gul va urugʻ hosil qiladi. 2 ta kenja turi: osiyo kenja turi (ssp.asiatica Lizg.) va gʻarbiy yevropa kenja turi (ssp.occidentali — europaea Lizg.) bor. Ildiz tizimi kuchli rivojlangan. Poya — meva … Читать далее

BOʻGʻIM

BOʻGʻIM — 1) (botanikada) poya va novdaning barg, kurtak, baʼzan qoʻshimcha ildiz hosil qiladigan kismi (nudus). Boshlangʻich barg bilan birga oʻsish konusidan shakllanadi. Boʻgʻim orqali bargdan oʻtkazuvchi nay tolali boylamlar poyaga oʻtadi. Poya bilan novdaning 2 boʻgʻim oʻrtasidagi qismi Boʻgʻim oraligʻi deyiladi; 2) umurtqasiz hayvonlar (boʻgʻimoyoqlilar, halqalilar) ning bir qancha guruhlarida tana va organlar (mas, … Читать далее

BOʻZNOCH

BOʻZNOCH (Helichrysum arenarium L. Moench.) — qoqidoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻt. Boʻyi 40—45 sm, poyasi qalin tuk bilan qoplangan. Pastki barglari keng, teskari tuxumsimon, yuqoridagilari — ensiz, nashtarsimon. Guli sariq, gul savatchalari dumaloq boʻlib, poya uchida murakkab qalqonsimon toʻpgul hosil qiladi. Iyun oxiridan sent. gacha gullaydi. Togʻ yon bagʻirlaridagi qiyaliklarda oʻsadi. Poyasi, bargi va … Читать далее