BOʻZNOCH

BOʻZNOCH (Helichrysum arenarium L. Moench.) — qoqidoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻt. Boʻyi 40—45 sm, poyasi qalin tuk bilan qoplangan. Pastki barglari keng, teskari tuxumsimon, yuqoridagilari — ensiz, nashtarsimon. Guli sariq, gul savatchalari dumaloq boʻlib, poya uchida murakkab qalqonsimon toʻpgul hosil qiladi. Iyun oxiridan sent. gacha gullaydi. Togʻ yon bagʻirlaridagi qiyaliklarda oʻsadi. Poyasi, bargi va gullarida efir moylari, oshlovchi moddalar, shuningdek karotin, S vitamin, stearin, flavonoid kabi moddalar bor. B. gullaridan tayyorlangan qaynatma jigar kasalliklarini davolashda ishlatiladi. Boʻznochdan sariq boʻyoq olinadi. Boʻznoch kiyim-kechaklarni kuyadan saqlashda ham ishlatiladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x