ZUBTURUMDOSHLAR

ZUBTURUMDOSHLAR (Plantaginaseaye) — ikki urugʻpallali yoki magno-liyasimonlar sinfiga mansub koʻp yillik va bir yillik oʻsimliklar oilasi. 260 turni oʻz ichiga olgan 3 turkumdan iborat. Oiladagi eng katta turkum zubturum (Plantago) moʻtadil iq-limli mintaqalarda oʻsadi. Bir necha turdan tashkil topgan litorella (Litorella) turkumi faqat Yevropa, Azor orollari va Jan. Amerikada uchraydi. Bitta turdan iborat bouguyeria (Bougueria) … Читать далее

ISPARAK

ISPARAK, isfarak (Delphinium semibarbatum) — ayiqtovondoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻt. Boʻyi 35—70 sm. Boʻgʻiz barglari uzun bandli, poyasidagilari bandsiz. Bargi ust-maust besh qismga, har bir qismi esa uch boʻlakka boʻlingan. Gullari toʻq sariq, roʻvaksimon toʻpgulga yigʻilgan. Sirtqi tojbargining bittasi pixli. Mevasi bitta mevabargdan hosil boʻlgan. Oʻrta Osiyoning togʻ etaklari va adirlarida, asosan, boʻz tuproqli … Читать далее

KUYA

KUYA, kuyalar (Tineidae) — kapalaklar turkumiga mansub hasharotlar. Turliqanotlilar (Frenata) kenja turkumining 70 dan ortiq oilasini oʻz ichiga oladi. Qanotlari ensiz, yozilganda 1—5 sm, oldingi qanotlari orqa qanotidan kattaroq boʻlishi, koʻpincha bo-shida tikkayib turgan tangachalarining borligi b-n ajralib turadi. 2000 dan ortiq turi mavjud, jumladan, Oʻrta Osiyoda 35—40 dan koʻp turi uchraydi. Bir qancha turlari … Читать далее

ZUFO

ZUFO (Nepeta cataria) — yalpizdoshlar (labguldoshlar) oilasiga mansub koʻp yillik serpoya oʻt. Boʻyi 80 sm cha. Barglari tuxumsimon, orqasi tukli, qaramaqarshi joylashgan. Gullari och binafsha poya va shoxlari uchida yarim soyabon holida toʻplangan. Mevasi 4 ta yongʻoqcha. 3. tarkibida efir moyi va b. moddalar bor. Barg qaynatmasi xalq tabobatida ishtaha ochish, yoʻtalni bosish uchun, shuningdek, … Читать далее

ZUBTURUM

ZUBTURUM (Plantago) — zubturumdoshlar oilasiga mansub 1—2 va koʻp yillik oʻtlar turkumi. 260 tacha turi maʼlum. Oʻzbekistonda 6 turi uchraydi. 4 turidan dorivor oʻsimlik sifatida foydalaniladi. Barglari ildiz boʻgʻzida toʻp boʻlib joylashgan, bandli, keng tuxumsimon yoki keng ellipssimon, nashtarsimon va tasmasimon. Gullari poya va shoxlari uchida oddiy boshoq hosil qiladi. Me-vasi ikki yoki koʻp urugʻli. … Читать далее

ZIGʻIR KOMBAYNI

ZIGʻIR KOMBAYNI — uzun tolali zigʻir poyasini yigʻadigan q. x. mashinasi. Asosiy qismlari: shkiv, 4 seksiyali poya sugʻurish apparati, poyalarni boʻlgich, koʻndalang transportyor, urugʻni poyadan sidirib olish apparatiga uzatuvchi transportyor, sidirish apparati, panjarali sidirish barabani va kamerasi, uzatish mexanizmlari va bogʻ bogʻlagich. Mashina gʻildirakli ramaga oʻrnatilgan. Traktorlarga tirkab ishlatiladi. Mashina yurganda poya ajratkich zigʻirpoyani yulish … Читать далее

ZIGʻIR

ZIGʻIR (Linum) — zigʻirdoshlarga mansub bir yillik va koʻp yillik oʻsimliklar turkumi, tola va moy olish uchun ekiladigan ekin. Moʻtadil va subtropik mintaqalarda tarqalgan. Yer yuzida 230 dan ortiq turi mavjud. Tolasi va moyi uchun ekiladigan madaniy 3. (L.usitatissimum) turi xoʻjalik ahamiyatiga ega. 3. qadimdan Shim. Ispaniya, Xitoy, Misr, Rossiyada maʼlum boʻlgan. Moyli 3. Argentina, … Читать далее

DON YETILISHI

DON YETILISHI, don toʻlishishi — gʻalla ekinlari donining isteʼmol qilinadigan darajada pishishi. Don yetilishi dumbullik ,va tuda (texnik) pishish (mum kabi yumshoqroq) davrlariga boʻlinadi. Sutlanish davrida don tuda shakllangan, rangi yashil, tarkibida 50% atrofida suv boʻladi, quruq modda toʻplanishi davom etadi, barmoq bilan ezilganda ichidan sutga oʻxshash suyuqlik chiqadi. Oʻsimlikning eng pastki birinchi va ikkinchi … Читать далее

DENGIZ PIYOZI

DENGIZ PIYOZI (Urginea maritima) – loladoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻt. Piyozboshi yirik (2,5 kg gacha). Gullari oq-yashil, panjali, poya uchida gʻuj boʻlib joylashgan. Barglari nashtarsimon. Mevasi yumaloq koʻsakcha. Oq piyozli xili tarkibida ssillaren glikozidi (yurak kasalliklarini davolash, siydik haydash uchun dori tay-yorlashda ishlatiladigan modda) bor. Qizil piyozli xilidan tayyorlangan preparatlardan kemiruvchilarga qarshi kurashda zaharli … Читать далее

DOGʻVOY

DOGʻVOY (Codonopsis clematidea) — qoʻngʻiroqguldoshlar oilasiga mansub, qoʻlansa hidli koʻp yillik oʻt. Boʻyi 50 — 80 sm. Ildizi baquvvat, duksimon. Barglari, asosan, qaramaqarshi oʻrnashgan. Guli qoʻngʻiroqsimon. Tojbarglari och havorang. Iyunda gullab, avg. oxirida meva beradi. Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlaridagi togʻlarning zax yerlarida va daralarning tubida oʻsadi. Dogʻvoydan kodonopsin va kodonopsinin alkaloidlari olinadi. Poya … Читать далее