MUXALLIS

MUXALLIS (Serophularia integrifolia) — sigirquyruqdoshlar oilasiga mansub koʻp yillik oʻt. Poyasi bir nechta. Har bir poya roʻvaksimon toʻpgul bilan tugaydi. Bargi oddiy, choʻziq yoki tuxumsimon, cheti qirqilgan. Guli ikki jinsli, qizgʻishyashil, kosachasi 5 boʻlakli. Iyun — avgustda gullab, meva beradi. Oʻrta Osiyoning togʻli r-nlarida 8 turi uchraydi. Oʻzbekistonning hamma togʻli r-nlarida chagʻirtoshli qoyalarda oʻsadi. Ayrim … Читать далее

POʻSTLOQ

POʻSTLOQ, oʻsimliklar poʻstlogʻi (cortex) — oʻsimlik poya va ildizlarining kambiydan keyingi sirt-qi qismi; har xil toʻqimalardan tu-zilgan. Birlamchi va ikkilamchi Poʻstloq bor. Birlamchi Poʻstloq oʻsish konusida birlamchi qoplovchi toʻqimalar bilan mar-kaziy silindr orasida meristemaning tashki qavatlaridan shakllanadi. U pa-renximadan tuzilgan, hamma oʻsimliklarning ildizida yaxshi rivojlanadi; ikki pallali va ochiq urugʻlilarda esa ildizpoyasida va poyalarida xam … Читать далее

POʻKAK

POʻKAK, fellema — 1) oʻsimliklarning ikkilamchi qoplovchi oʻlik toʻqimasi; suberin (poʻkak modda) b-n toʻyingan, zich joylashgan poʻstli hujayralar majmui. Poʻkaksimon kambiy (fellogen) hujayralarining tangental boʻlinishidan hosil boʻladi. Poʻkak daraxtsimon oʻsimliklar va aksari koʻp yillik oʻtlarning turli organlarida vujudga keladi: ayniqsa, poʻkakli emanning poya va shoxlarida qalin boʻladi. Poʻkak suvni ortiqcha bugʻlanishdan, oʻsimlikni bakteriya, zamburugʻ va … Читать далее

MANZARALI OʻSIMLIKLAR

MANZARALI OʻSIMLIKLAR, dekorativ oʻsimliklar — kishilarning estetik ehtiyojlarini qondirishda foydalaniladigan turli botanik oilalarga mansub madaniy va yovvoyi oʻsimliklar guruhi. Manzarali oʻsimliklar shahar va qishloqlarni koʻkalamzorlashtirish, istirohat bogʻlari, ijtimoiy, i. ch. binolari va turar joylarni bezatish, guldastalar yasash uchun oʻstiriladi. Chiroyi, barglari, gullari, mevalari rangi, tanasining gʻaroyib shakllari (shoxlari osilgan, soyabonsimon, us-tunsimon) bilan tavsiflanadi. Bir qator … Читать далее

MAKROSPORIOZLAR

MAKROSPORIOZLAR — oʻsimliklarning keng tarqalgan zamburugʻli kasalliklari. Zararlangan oʻsimlik poya va barglarida turli shakl, tus va kattalikda qora gʻuborli dogʻ (ulik hujayra)lar paydo boʻladi. Macrosporium avlodiga mansub har xil tur zamburugʻlar vujudga keltiradi. Konidiyalar bilan tarqaladi. Gʻoʻza M. ida (qoʻzgʻatuvchisi M.nigricantum) yer ustki organlari: urugʻbarg, koʻsak, tola, shuningdek, bar-glar, barg bandlari, gulyonbarglari zararlanadi. Urugʻpalla, chinbarglarda … Читать далее

MAKKAJOʻXORI

MAKKAJOʻXORI (Zea mays L.) – bo-shokdoshlar oilasiga mansub bir yillik oʻtsimon oʻsimliklar turi, don va yem-xashak ekini. M. Yer sharidagi yovvoyi holda oʻsmaydigan eng qad. ekinlardan biri. Vatani—Markaziy va Jan. Amerika. Dastlab Meksika hududida qad. mayya va astek qabilalari tomonidan mil. dan 5200 yil avval dehqonchilikdaekilgan. Yevropaga 15-a. oxirida keltirilgan. Makkajoʻxori ekiladigan xududlar shim. kenglikning … Читать далее

PLAUN

PLAUN (Lycopodium) — plaundoshlar oilasiga mansub sporali doim yashil, koʻp yillik oʻtlar turkumi. Poyasi koʻpincha dixotomik shoxlangan. Barglari mayda, nashtarsimon yoki lansetsimon, bandsiz, poya va shoxlarda navbatlashib yoki toʻp boʻlib zich joylashgan. Spora boshoqchalari oʻzaqsan va zich joylashgan spora barglaridan iborat. 10 ga yaqin turi bor, asosan, Shim. yarim sharda uchraydi. Oʻzbekistonda oʻsmaydi. Bir yillik … Читать далее

MUSHUKOʻT

MUSHUKOʻT, sassiqmatal (Adonis parvifl ora) — ayiqtovondoshlar oilasiga mansub bir yillik oʻt. Boʻyi 50—60 sm. Bargi patsimon, tub barglari qisqa bandli, poyadagilari bandsiz. Guli mayda, qizgʻish. Mevasi shoxlarining uchida. Oʻzbekistonda togʻ etaklarida va adirlarida, ekinlar orasida, tashlandiq yerlarda va yoʻl yoqalarida usadi. Aprelda gullaydi, iyunda mevalaydi. Poya va barglarida saponin, glikozidlar bor. Bu moddalardan tibbiyotda … Читать далее

MINGDEVONA

MINGDEVONA (Hyoscyamus L.) tomatdoshlar oilasiga mansub oʻsimliklar turkumi. Boʻyi 1,5 m gacha. Po-yasi shoxlangan, sertuk. Birinchi yili uzun bandli ildiz boʻgʻiz, toʻpbarg, ikkinchi yili poya oʻsib chiqadi. Poyadagi barglari tuxumsimon, 3—7 boʻlakli, bandsiz, ketma-ket joylashgan. Gullari sargʻish, uchi keng, poya uchida toʻpgul hosil qiladi. Mevasi ikki xonali, koʻp urugʻli, koʻzachasimon koʻsakcha. Oʻrta Osiyo, Sibir, Kavkaz, … Читать далее

PSILOFITSIMONLAR

PSILOFITSIMONLAR (Psiloghytales) — botqoqlik va quruklikda yashashga moslashgan qad. oʻsimliklar oilasi. Psilofitsimonlar qazilma qoldiklari dastlab 1859-y. da Kanadada, keyinchalik Shotlandiya, Shpisbergen, Kuzbass, Ural, Sibir, Oʻzbekiston (Turkiston va Nurota togʻlari)da Oʻrta silurdan devongacha boʻlgan yotqiziklardan topilgan. Poyasi dixotomik shoxlangan, ay-rim turlarida tikanga oʻxshash mayda barglari boʻlgan. Sporangiylari poyasi uchida joylashgan. Psilofitsimonlarga suvdan quruqlikda yashashga oʻtgan dastlabki … Читать далее