VOBKENT TUMANI

VOBKENT TUMANI — Buxoro viloyatidagi tuman. 1926-y. 29 sent. da tashkil etilgan. Vobkent tumani jan. da Buxoro tumani, gʻarbda Peshku, Romitan tumanlari, shim. da Shofirkon tuman i, shim.-sharqda Gʻijduvon tumani va sharqda Navoiy viloyatining Qiziltepa tumani bilan chegaradosh. Mayd. 0,29 ming km2. Aholisi 101 ming kishi (2001). Vobkent tumanida bir shahar (Vobkent), 11 kishloq fuqarolari … Читать далее

VIRUSOLOGIYA INSTITUTI

VIRUSOLOGIYA INSTITUTI — Oʻzbekiston FA Virusologiya instituti — odamlar uchun oʻta xavfli boʻlgan yuqumli kasalliklar, jumladan viruslar qoʻzgatadigan kasalliklarning tarqalishi, viruslarning tashqi muhitda saqlanishi qonuniyatlarini oʻrganadigan, fundamental va amaliyot uchun tadqiqotlar olib boradigan in-t. Oʻrta Osiyo mintaqalarida viruslarning tarqalishi, virusli kasalliklar rivojlanishining mintaqaviy qonuniyatlarini oʻrganish maqsadida sobiq Ittifoq Tibbiyot FA D. I. Ivanovskiy nomidagi Virusologiya … Читать далее

GRIGORYEV Vasiliy Vasilyevich

GRIGORYEV Vasiliy Vasilyevich [1816.15(27)3 – 1881.19. (31). 12] – sharqshunos, Rossiya FA muxbir aʼzosi (1853), sharq adabiyoti dri (1863). G. Rossiyada birinchi boʻlib Sharq tarixi boʻyicha un-tda maʼruzalar qilgan. Rus tarixchilari orasida birinchilardan boʻlib Oʻrta Osiyo xalklari tarixi va madaniyatini oʻrganishga kirishgan. Grigoryev — 200 ga yaqin asar muallifi. Ilmiy ishlari orasida saqlar, Yunon-Baqtriya podsholigi, … Читать далее

BUXORO OZIQ-OVQAT VA YENGIL SANOAT TEXNOLOGIYASI INSTITUTI

BUXORO OZIQ-OVQAT VA YENGIL SANOAT TEXNOLOGIYASI INSTITUTI — injenertexnologlar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti. 1977-y. da Buxoro sh. da Toshkent politexnika in-tining Buxoro filiali (1972) negizida tashkil etilgan. Int tarkibida 6 kunduzgi va sirtqi f-t, 31 kafedra, mintaqaviy biznes maktabi, ixtisoslashgan litseyinternat faoliyat koʻrsatadi. Int tashkil topganidan beri 12 mingdan ortiq mutaxassis tayyorladi (2000-y. da 15 … Читать далее

GULISTON TUMANI

GULISTON TUMANI — Sirdaryo viloyatidagi tuman. 1952-y. 16 apr. da tashkil etilgan. Viloyatning Sirdaryo, Boyovut, Sayxunobod, Mirzaobod, Sharof Rashidov tumanlari, Toshkent viloyatining Bekobod tumani bilan chegaradosh. Mayd. 0,35 ming km2. Aholisi 50,1 ming kishi (2000). Guliston tumanida 1 shaharcha (Dehqonobod), 9 qishloq fuqarolari yigʻini (Beshbuloq, Zarbdor, Koʻnchi, Oltintepa, Oltin Oʻrda, Soibobod, Sohilobod, Chortoq, Humo) bor. … Читать далее

GINEKOLOGIYA

GINEKOLOGIYA (yun. gynaikos — ayol va…logiya) — klinik tibbiyotning bir sohasi; turli yoshdagi xotin-qizlar organizmining oʻziga xos anatomik-fiziologik xususiyatlarini hamda ularning jinsiy aʼzolari kasalliklarini oʻrganadi. Ayollarning normal jinsiy faoliyati — hayz koʻrishi, bola tugʻishi, shuningdek, bola tugʻish va hayz koʻrishdan qolishi (klimakteriya davri) hamda shu davrga xos kasalliklar, tugʻmaslik sabablari, ularning oldini olish va davolash … Читать далее

BOLGARIYA

BOLGARIYA (Bʼlgariya), Bolgariya Respublikasi — Yevropaning jan., Bolqon ya. o. ning sharqiy qismidagi davlat. Sharqda Qora dengiz bilan oʻralgan. Mayd. 111 ming km2. Aholisi 8,3 mln. kishi (1997). Poytaxti — Sofiya sh. Maʼmuriy jihatdan 9 viloyatga, ular jamoalarga boʻlinadi. Sofiya sh. viloyatga tenglashtirilgan. Davlat tuzumi. Bolgariya — parlamentli respublika. 1946-y. dan 1990-y. 15 noyab. gacha … Читать далее

BOBUR

BOBUR (taxallusi; toʻliq ismi Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo) (1483.14.2, Andijon 1530.26.12, Agra) — oʻzbek mumtoz adabiyotining yirik vakili: buyuk shoir; tarixchi, geograf; davlat arbobi, isteʼdodli sarkarda; boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shahzoda. Boburning otasi — Umarshayx Mirzo Fargʻona viloyati hokimi, onasi — Qutlugʻ Nigorxonim Moʻgʻuliston xoni va Toshkent hokimi Yunusxonnint qizi edi. Boburning onasi oʻqimishli … Читать далее

GELONII

GELONII (Jiloniy) Muhiddin Abduqodir ibn Abiy Solih Jangiydoʻst (1077, Gelon viloyati, Eron — 1166) — fors ilohiyotchisi, mutasavvif. 18 yoshida Bagʻdodga keladi va juda koʻp olimlardan saboqoladi. Uningxanbaliya mazhabiga oid vaʼzlari shuhrat qozonadi. Keyinchalik Gelonii Qurʼon tafsirchisi va muftiy sifatida faoliyat koʻrsatadi. U hadis va fiqh ilmlaridan dare beradi. Gelonii hanbaliya mazhabida qatʼiy turgan, Muhammad … Читать далее

GULISTON UNIVERSITETI

GULISTON UNIVERSITETI, Gʻafur Gʻulom nomidagi Guliston davlat universiteti — ilmiy va pedagog kadrlar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti. OʻzR Prezidenti farmoniga asosan 1992-y. 15-martda Sirdaryo ped. in-ti (1966-y. asos solingan) negizida Guliston sh. da tashkil etilgan. 1966 yil 17-iyulda Gʻafur Gʻulom nomi berilgan. Un-tda filol., fizikamat., tarix, ped., tabiatshunoslik, iqtisodiyot, qoʻshimcha taʼlim f-tlari, 23 kafedra, 19 … Читать далее