VOBKENT TUMANI

VOBKENT TUMANIBuxoro viloyatidagi tuman. 1926-y. 29 sent. da tashkil etilgan. Vobkent tumani jan. da Buxoro tumani, gʻarbda Peshku, Romitan tumanlari, shim. da Shofirkon tuman i, shim.-sharqda Gʻijduvon tumani va sharqda Navoiy viloyatining Qiziltepa tumani bilan chegaradosh. Mayd. 0,29 ming km2. Aholisi 101 ming kishi (2001). Vobkent tumanida bir shahar (Vobkent), 11 kishloq fuqarolari yigʻini (Imomqozixon, Kumushkent, Permast, Rohkent, Xayrabotcha, Xalach, Xargoʻsh, Ehson, Yangikent, Qipchoq, Qoʻngʻirot) bor. Markazi — Vobkent sh.

Tabiati. Vobkent tumani Hududi choʻl bilan voha orasidagi tekislikda joylashgan. Iqlim kontinental. Iyulning oʻrtacha t-rasi 28—30», yanv. niki — 0° dan —2* gacha. Yiliga 140—200 mm yogʻin tushadi. Vegetatsiya davri 150—180 kun. Tuman hududidan Zarafshon daryosi oqib oʻtadi va Amu-Buxoro mashina kanali bor. Tuprogʻi asosan boʻz tuproq. Yantoq, shirinmiya, achchiqmiya, shoʻra, ajriq, qamish, yaltirbosh, qirqboʻgʻin, kovrak, otquloq va b. oʻsadi. Yovvoyi hayvonlardan boʻri, tulki, chiyaboʻri, quyon, yumronqoziq, echkemar, toshbaqa va b. yashaydi.

Aholisi, asosan, oʻzbeklar; rus, tojik, ozarbayjon, tatar, koreys va b. millat vakillari ham yashaydi. 1 km2 ga 317,6 kishi toʻgʻri keladi. Shaharliklar 16 ming kishi. Qishloq aholisi 85 ming kishi (2001).

Xoʻjaligi. Tuman xoʻjaligining asosini q. x. tashkil etadi. Q. x. ning asosiy tarmogʻi — paxtachilik. Paxta, galla, poliz ekinlari, sabzavot, beda, makkajoʻxori ekiladi. Vobkent tumanida 15 shirkat xoʻjaligi, ijara xoʻjaligi, parrandachilik f-kasi, xoʻjaliklararo boʻrdoqichilik korxonasi, 5 sanoat i. ch. korxonasi, 10 qurilish korxonasi, 3 avtokorxona, 300 dan ziyod tadbirkorlik bilan shugʻullanuvchi korxonalar, shuningdek 290 dehqon va fermer xoʻjaliklari, yakka tartibda tadbirkorlik bilan shugʻullanuvchi fuqarolar faoliyat koʻrsatmoqda. Tuman shirkat va shaxsiy xoʻjaliklarida 40,2 ming qoramol, 48,7 ming qoʻy va echki bor. Vobkent tumanida mexanizatsiyalashgan koʻchma qurilish kolonnasi, qurilish boshqarmalari, maishiy xizmat koʻrsatish k-ti, avtobazalar bor. Tuman hududidan Toshkent — Buxoro — UrganchNukus avtomobil magistral yoʻli oʻtgan.

2000/2001 oʻquv yilida 46 umumiy taʼlim maktabi, 1 musiqa maktabi, 2 iqtidorli bolalar litseyi, 1 biznes maktabi, 1 kasb-hunar kolleji, 50 dan ziyod ommaviy va bolalar kutubxonasi, 18 klub, 480 oʻrinli kasalxona, 16 vrachlik ambulatoriyasi, 29 qishloq vrachlik punkti boʻlib, ularda 213 vrach, 1218 oʻrta maʼlumotli tibbiy xodim ishlaydi. 1933 i. dan «Vobkent hayoti» tuman gaz. chiqadi (adadi 1210).

Vobkent sh. da Vobkent minorasi, Vobkent tumanining Xayrobod shirkat xoʻjaligi hududida «Chashmai Ayyub» maqbarasi (1208—12), Abdulazizxon madrasasi (15—16-a. lar), Vobkent hammomi (16 — 17-a. lar), Soʻfidehqon xonaqosi (17 — 18-a. lar), Permast qishlogʻida Toshmachit va b. tarixiy obidalar mavjud.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x