BUXORO OZIQ-OVQAT VA YENGIL SANOAT TEXNOLOGIYASI INSTITUTI

BUXORO OZIQ-OVQAT VA YENGIL SANOAT TEXNOLOGIYASI INSTITUTI — injenertexnologlar tayyorlaydigan oliy oʻquv yurti. 1977-y. da Buxoro sh. da Toshkent politexnika in-tining Buxoro filiali (1972) negizida tashkil etilgan. Int tarkibida 6 kunduzgi va sirtqi f-t, 31 kafedra, mintaqaviy biznes maktabi, ixtisoslashgan litseyinternat faoliyat koʻrsatadi. Int tashkil topganidan beri 12 mingdan ortiq mutaxassis tayyorladi (2000-y. da 15 ixtisoslik boʻyicha 477 mutaxassis intni tamomladi). Intda 282 prof. oʻqituvchi, jumladan 20 fan d-ri, prof., 178 fan nomzodi, dotsentlar ishlaydi (2001). Intda aspirantura, magistratura, ilmiy kutubxona (198 mingdan ortiq asar), int tarixi muzeyi bor. Int faoliyati M. N. Rahmatov, N. A. Parpiyev va b. olimlarning nomlari bilan bogʻlik.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x