GRIGORYEV Vasiliy Vasilyevich

GRIGORYEV Vasiliy Vasilyevich [1816.15(27)3 – 1881.19. (31). 12] – sharqshunos, Rossiya FA muxbir aʼzosi (1853), sharq adabiyoti dri (1863). G. Rossiyada birinchi boʻlib Sharq tarixi boʻyicha un-tda maʼruzalar qilgan. Rus tarixchilari orasida birinchilardan boʻlib Oʻrta Osiyo xalklari tarixi va madaniyatini oʻrganishga kirishgan. Grigoryev — 200 ga yaqin asar muallifi. Ilmiy ishlari orasida saqlar, Yunon-Baqtriya podsholigi, arab sayyohi Abu Dulafning Movarounnahrga sayohati, Xiva, Buxoro va Qoʻqon xonliklari haqidagi asarlari ilmiy qimmatga ega. Grigoryev ilmiy-pedagogik faoliyat bilan bir qatorda 35 y. dan ortiq (1844 — 80) Tashqi ishlar vazirligida xizmat qilgan, jumladan Oʻrta Osiyo xonliklari va qirgʻizlar bilan ish olib boruvchi Orenburg chegara komissiyasi (1854 — 63) va Davlat matbuot ishlari Bosh boshqarmasi (1874 — 80) boshligʻi boʻlib ishlagan. Grigoryev oʻzining maʼmuriy faoliyatida podsho Rossiyasining siyosatini amalga oshirishga xizmat qilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x