BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTINING XAVFSIZLIK KENGASHI

BIRLASHGAN MILLATLAR TASHKILOTINING XAVFSIZLIK KENGASHI — BMTning asosiy doimiy ishlovchi siyosiy organi; BMT Ustavi 24-moddasiga binoan xalkaro tinchlik va xavfeizlikni saklab turish uchun asosiy javobgarlik BMT Xavfsizlik Kengashi zimmasiga yuklatilgan. BMT Xavfsizlik Kengashining faoliyat doirasi BMT Ustavi (V—VII boblar) da anik, koʻrsatilgan va davlatlar oʻrtasidagi nizolarni tinch yoʻl bilan hal etish sohasida keng vakolatlar berilgan. … Читать далее

BIZNES INKUBATOR

BIZNES INKUBATOR — kichik va oʻrta biznesni yuritish malakalari berish va tadbirkorlik madaniyatini tarbiyalash bilan shugullanadigan ixtisoslashgan muassasa. Biznes inkubator, asosan, xoʻjalik yurituvchi subyektlarga dastlabki faoliyatida bozor iqgisodiyoti boʻyicha zarur bilimlarni oʻrgatish, biznes reja tuzish, mablagʻlar topish, xalqarr grantlar olishda koʻmaklashish, tadbirkorlik gʻoyalarini amaliy loyihalarga aylantirish va joriy etish, shuningdek kichik va oʻrta korxonalarga menejment … Читать далее

BAHOR ANSAMBLI

«BAHOR» ANSAMBLI, Mukarrama Turgʻunboyeva nomidagi B«ahor» xalq raqs ansambli — «Oʻzbekraqs» birlashmasidagi jahonga mashhur ansambl. 1957-y. tashkil etilgan. Ansamblning asoschisi va birinchi badiiy rahbari Mukarrama Turgʻunboyeva (1979-y. gacha), shuningdek B. Aliyev, Q. Dadayevham tashkilotchilardan. Keyingi badiiy rahbarlari: Qunduz Mirkarimova (1979 – 88), Ravshanoy Sharipova (1988 — 90), Maʼmura Ergasheva (1990-y. dan). Musiqa rahbari Baxtiyor Aliyev … Читать далее

YANGIQOʻRGʻON TUMANI

YANGIQOʻRGʻON TUMANI — Namangan viloyatidagi tuman. 1926 yil 29-sentyabr da tashkil etilgan. Gʻarbdan Kosonsoy, jan. dan Namangan va Uychi tumanlari, shim. gʻarb, shim. va sharqda Qirgʻiziston Respublikasi, Chortoq tumani bilan chegaradosh. Mayd. 0,54 ming km2. Aholisi 166,7 ming kishidan ziyod (2005). Tumanda 1 shaharcha (Yangiqoʻrgʻon), 11 qishloq fuqarolari yigʻini (Bekobod, Birlashgan, Zarbdor, Zarkent, Istiqlol, Navkent, … Читать далее

YANGI MARGʻILON

YANGI MARGʻILON — Fargʻona viloyatidagi shaharcha (1947-yildan). Margʻilon shahar kengashiga qarashli. Margʻilondan 3—4 km jan. da. Yaqin t. y. stansiyasi — Margʻilon. Aholisi 23 ming kishi (2004). Shaharda bir necha korxona, qurilish tashkilotlari, dehqon bozori, 4 umumiy taʼlim maktabi, markaziy kutubxona, madaniyat saroyi, aloqa boʻlimi, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, poliklinika, kasalxona, dorixona … Читать далее

YAKKABOGʻ

YAKKABOGʻ — Qashqadaryo viloyati Yakkabogʻ tumanidagi shahar (1978 yil dan), tuman markazi. Viloyat markazi (Qarshi) dan 95 km sharkda. T. y. stansiyasi. Aholisi 22,3 ming kishi (2003). Paxta tozalash, gʻisht zdlari, MTP, toʻqimachilik korxonasi, qurilish tashkilotlari, savdo, madaniy va maishiy xizmat koʻrsatish shoxobchalari, Oʻzbekiston — Germaniya «Yakkabogʻteks» qoʻshma korxonasi bor. 5 umumiy taʼlim maktabi, bolalar … Читать далее

YANGIOBOD TUMANI

YANGIOBOD TUMANI — Jizzax viloyatidagi tuman. 1999 yil 30 apr. da tashkil qilingan. Gʻarbdan Zomin tumani, jan., sharq, shim. dan Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh. Mayd. 0,72 ming km2. Aholisi 22,7 ming kishi (2005). Tumanda 5 qishloq fuqarolari yigʻini (Xovos, Sarmich, Xoʻjamushkent, Savat, Xavotogʻ) mavjud. Markazi — Balandchaqir qishlogʻi. Tabiati. Tumanning shim. qismi pasttekislik, jan. qismi … Читать далее

YURIDIK SHAXS

YURIDIK SHAXS — fuqarolik huquq va majburiyatlarining subyektlari hisoblanuvchi korxona, muassasa, tashkilotlar. OʻzR fuqarolik qonunchiligiga koʻra, Yuridik shaxs oʻz mulkida, xoʻjalik yuritishida yoki operativ boshqaruvida alohida molmulkka ega boʻlgan hamda oʻz majburiyatlari yuzasidan ushbu molmulk bilan javob beradigan, oʻz nomidan mulkiy va shaxsiy nomulkiy huquqlarga ega boʻla oladigan va ularni amalga oshira oladigan, majburiyatlarni bajara … Читать далее

YEVROPA XAVFSIZLIK VA HAMKORLIK TASHKILOTI

YEVROPA XAVFSIZLIK VA HAMKORLIK TASHKILOTI (YEXHT) – davlatlar oʻrtasida xavfsizlik va hamkorlikni taʼminlashga qaratilgan harakatlarni muvofiqlashtiruvchi va ularning rivojlanish tamoyillarini belgilab beruvchi, shuningdek, ijtimoiy-siyosiy jarayonlarni demokratlashtirishga koʻmaklashuvchi xalqaro tashkilot. Dastlab umum Yevropa kengashi (AQSH va Kanada ishtirokida) sifatida faoliyat koʻrsatib Yevropada xavfsizlik va hamkorlik boʻyicha kengash nomi bilan atalgan (1973—91). 1973-y. 3—7-iyulda Xelsinki sh. da … Читать далее

YURIDIK MASLAHAT

YURIDIK MASLAHAT — (OʻzRda) huquqiy yordam turi. Bunday yordamni oliy yuridik maʼlumotli, tegishli malaka imtihonini topshirgan, advokatlik litsenziyasiga ega boʻlgan yoki tashkilot, muassasa, korxonada maslahatchi yurist lavozimida ishlayotgan shaxslar berishga haqli. Shaharlar va aholi punktlarida advokatlar hayʼatlarining rayosatlari yuridik yordam koʻrsatish ishini tashkil qilish maqsadida huquqiy maslahat beruvchi advokatlar jamoasini tuzadi. Yuridik maslahatxonaning joylashish oʻrni … Читать далее