OʻLKASHUNOSLIK

OʻLKASHUNOSLIK — mahalliy aholi tomonidan oʻz ona yurti hisoblangan muayyan oʻlka, viloyat, shahar, tuman, qishloq va boshqalar hududlarning har tomonlama oʻrganilishi. Oʻlkashunoslik tabiiy, ijtimoiy, madaniy, tarixiy va boshqalar tadqiqotlar majmuidan iborat. Oʻlkashunoslikda oʻlkaning tabiati, aholisi, xoʻjaligi, tarixi, madaniyati, arxeologiyasi, oʻlka namoyandalari oʻrganiladi. Oʻlkashunoslik kompleks va soha Oʻlkashunoslik likka boʻlinadi. Kompleks Oʻlkashunoslik turli sohalarni bir-biri bilan … Читать далее

KOʻHNA ARK

KOʻHNA ARK — Xivadagi meʼmoriy yodgorlik (17—19-a. lar). Ichan qalaning gʻarbiy qismida joylashgan. Koʻhna ark (tarhi 130 x 93 m)dagi binolar, asosan, 17-a. da Anoʻshaxonning oʻgʻli Arangxon davrida usta, shoir Mavlono Vafoiy tomonidan qurilgan. 1804—06 y. larda qayta tiklab taʼmir etilgan. Koʻhna ark toʻrt hovliga boʻlinib, atrofi baland paxsa devor bilan oʻralgan. Sharq tomondagi darvozadan … Читать далее

ENSIKLOPEDIYA

ENSIKLOPEDIYA (yun. — bilimlar doirasi) , qomus — muayyan tizimga solingan keng qamrovli bilimlar toʻplami, ilmiy yoki ilmiy ommabop nashr. «Ensiklopediya» terminining maʼnosi tarixan oʻzgarib turgan. Antik davrda u «erkin sanʼat» deb atalgan 7 ilm (grammatika, ritorika, dialektika yoki logika, geom., arifmetika, musiqa va astronomiya)ni anglatgan. 16-asrda Gʻarbiy Yevropada Ensiklopediya yangi maʼnoda — turli bilimlar … Читать далее

XALIFA

XALIFA (arab. — oʻrinbosar, noib) — musulmon jamoasi va musulmon davlatining diniy hamda dunyoviy boshligʻi. X. Muhammad paygʻambar (sav) ning oʻrinbosari, umaviylar davridan boshlab esa Allohning yerdagi noibi hisoblangan. Muhammad (sav)dan keyingi toʻrt X. (Abu Bakr Siddiq, Umar, Usmon, Ali)ni xulafoi roshidin, yaʼni toʻgʻri yoʻldan boruvchi Xalifalar deb atashgan. Abbosiylar, fotimiylar sulolasidan boʻlgan hukmdorlar X. … Читать далее

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FANLAR AKADEMIYASI

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI FANLAR AKADEMIYASI (Oʻzbekiston FA) — mamlakatning oliy ilmiy tashkiloti. Akademiklar va uning xorijiy aʼzolarini hamda oʻz tasarrufidagi ilmiy muassasalar ilmiy xodimlari va mutaxassislarini birlashtiradi. Asosiy vazifasi fan va texnika sohasidagi davlat siyosatining amalga oshirilishini taʼminlash, davlat va jamiyat taraqqiyotini taʼminlovchi istiqbolli yoʻnalishlar boʻyicha fundamental ilmiy tekshirish va ilgʻor texnologiyalarni rivojlantirish strategiyasini belgilash, tabiiy, … Читать далее

KAROLINGLAR

KAROLINGLAR — Frank davlatida qirollar (751-y. dan) va imperatorlar (800-y. dan) sulolasi. Pipin Pakana K. ning 1-qiroli boʻlgan. Karolinglar nomi Buyuk Karl nomidan olingan. Buyuk Karl imperiyasi parchalangach (843), K. Italiya (905-y. gacha), Germaniya (911-y. gacha), Fransiya (987-y. gacha) hududlarida hukmronlik qilishgan. KAPOMAT (arab. — karomat, gʻayritabiiy hodisa) — 1) diniy va mifologik tasavvurlarda xudoning, … Читать далее

KARMANA

KARMANA, Karmina (asli sugʻdiycha Xarmana — katta saroy) — aholi yashaydigan qad. maskanlardan biri. Navoiy viloyatida joylashgan. Viloyat hududida oʻtkazilgan arxeologik tadqiqotlar va kuzatishlarning natijalaridan maʼlum boʻlishicha, Zarafshon vodiysining daryo, bir qismi adirlik va dashtlik yerlarini kesib oʻtgan oʻrta qismida joylashgan keng bu hududda aholi oʻrta tosh davrining mustye (mil. av. 150—40 ming yilliklar) bosqichidan … Читать далее

TOQI TELPAKFURUSHON

TOQI TELPAKFURUSHON (fors telpakfurushlar toqi) — Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik (16a). Bosh kiyimlar tayyorlash va sotishga moʻljallangan gumbazli bino. Vaqf hujjatlariga koʻra, turli tomonlardan kelib tutashgan 5 koʻchaning kesishgan joyida qurilgan (1570—71). Bino choxarsoʻki Axanin, Toqi kitobfurushon, Toqi Xoʻja Muhammad Parron kabi nomlar bilan atalgan. Bosh gumbazi 6 qirrali devor ustiga oʻrnatilgan, atrofi — koʻcha, koʻchalardan … Читать далее

BUXORO XONLIGI

BUXORO XONLIGI (amirligi) — uzbek davlatchiligi tizimidagi xonliklardan biri (16—20-a. boshlari). 1533-y. gacha mamlakat markazi Samarqand boʻlgan. Ubaydullaxon davrida (1533—39) poytaxt Buxoroga koʻchirilgan va xonlik Buxoro xonligi nomini olgan. 1510-y. Marv yonida Shayboniyxon shoh Ismoil I Safaviy qoʻshinlaridan yengilib halok boʻlgandan keyin Movarounnaxr temuriylardan Zahiriddin Muhammad Bobur qoʻliga oʻtadi. Lekin, koʻp oʻtmay shayboniylar yana Movarounnahrni … Читать далее

BURHONIDDIN XOJA

BURHONIDDIN XOJA ibn Ahmad xoja (Oyxoja laqabi bilan mashhur) (? — 1759.15.10) — Sharqiy Turkistondagi Yorkent xonligi hokimi. Ofoqxoja avlodidan. Burhoniddin xoja Xitoydagi Manjur imperiyasi yordamida Yorkent xonligini qoʻlga olib (1755), mustaqil siyosat yurgizishga harakat qiladi. Lekin bunga qarshi manjurlar katta qoʻshin yuborib, ikki yil davom etgan urushlardan soʻng Qashqar, Yorkent va Xoʻtan sh. larini … Читать далее