KAROLINGLAR

KAROLINGLARFrank davlatida qirollar (751-y. dan) va imperatorlar (800-y. dan) sulolasi. Pipin Pakana K. ning 1-qiroli boʻlgan. Karolinglar nomi Buyuk Karl nomidan olingan. Buyuk Karl imperiyasi parchalangach (843), K. Italiya (905-y. gacha), Germaniya (911-y. gacha), Fransiya (987-y. gacha) hududlarida hukmronlik qilishgan. KAPOMAT (arab. — karomat, gʻayritabiiy hodisa) — 1) diniy va mifologik tasavvurlarda xudoning, gʻayritabiiy kuchlarning aralashuvi b-n vujudga keladigan gʻayritabiiy hodisalar. Uni muqaddas kitoblar (iudaizm va xristianlikda — Bibliya, islomda — Qurʼon) va xatga bitilgan rivoyatlar (iudaizmda — Talmud, islomda — sunna) ifodalaydi. Islomga koʻra, shu hodisalar paygʻambarlarda namoyon boʻlsa — moʻjiza, aziz-avliyolardan sodir boʻlsa — K. deyiladi. Gʻayridin, kufr ahlidan sodir boʻlsa sehr-jodu, koʻzbaxshilik (fokus) yoki istidroj (vaqtincha omadli boʻlish) deb ataladi. Mas, Muso paygʻambar qoʻlidagi hassasini toshga urganda undan suv otilib chiqqani, kerak boʻlganda u ajdahoga aylanib, sehrgarlar yasagan ilonlarni yutib yuborgani moʻjizadir. Muhammad (sav)ga berilgan moʻjizalarning eng ulugʻi — Qurʼoni karim sanaladi. Karolinglarlar tasavvuf shayxlari, tariqat peshvolari, aziz-avliyolarning uzoq, masofani oz muddatda bosib oʻtishlari, suv ustida, havoda bemalol yura olishlari, hojatlari zudlik bilan ravo boʻlishi va b. bilan izohlanadi;

2) ilohiy bilim negizida biror hodisa holatini oldindan aytib berish.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x