TOQI TELPAKFURUSHON

TOQI TELPAKFURUSHON (fors telpakfurushlar toqi) — Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik (16a). Bosh kiyimlar tayyorlash va sotishga moʻljallangan gumbazli bino. Vaqf hujjatlariga koʻra, turli tomonlardan kelib tutashgan 5 koʻchaning kesishgan joyida qurilgan (1570—71). Bino choxarsoʻki Axanin, Toqi kitobfurushon, Toqi Xoʻja Muhammad Parron kabi nomlar bilan atalgan. Bosh gumbazi 6 qirrali devor ustiga oʻrnatilgan, atrofi — koʻcha, koʻchalardan kirish qismlari esa kichik gumbazchalar bilan yopilgan. Gumbaz diametri 38 m, zal shifti 10 m, savdo koʻchasining saklanib qolgan maydoni 28 m, koʻcha kengligi 14 m. Oʻtmishda gumbaz ostida bosh kiyim va kitob sotuvchi muqovasoz ustalarning doʻkonlari boʻlgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x