VYORSTKA

VYORSTKA, sahifalash yoki sahifa — 1) matbaada — bosma qolip tayyorlash jarayoni. Terilgan matn grankalari, bezash elementlari (rasmlar va h. k.) va b. dan gaz., jur. va kitobning muayyan tarh (format)li sahifalari (polosalari)ni hosil qilishdan iborat; 2) xatolarni tuzatish uchun sahifalangan matn nusxasi (korrektura). Пост Навигацияси

ASOSIY KAPITAL

ASOSIY KAPITAL — kapitalning asosiy i. ch. vositalari (mashina, asbob-uskuna, i. ch. binolari va uskunalari) ni oʻz ichiga oluvchi, iqtisodiy jihatdan oʻz qiymatini ishlab chiqarilgan tovarlarga asta-sekin va uzoq muddatda oʻtkazib boruvchi qismi. Asosiy kapital pul shaklida uskuna, mashina-mexanizmlar, bino-inshootlar va b. qiymatidan iborat boʻlib, ular sotib olingan paytdagi bozor narxi bilan hisoblanadi. Asosiy kapital … Читать далее

BOTMON

BOTMON, mann (arab.) — ogʻirlik oʻlchov birligi. Yaqin va Oʻrta Sharqmamlakatlari (Arabiston, Misr, Suriya, Iroq, Eron, Turkiya, Hindiston) da, shuningdek Oʻrta Osiyoda koʻllanib kelingan. Shariatga koʻra, Botmon (manni sharʼiy) asosan 0,832 kg ni tashkil kilgan, lekin turli mamlakatlar va turli davrlarda uning mezoni har xil boʻlgan. Oʻrta Osiyoda ham Botmonning vazni oʻzgarib turgan. Maye, 19-a. … Читать далее

BOTANIKA BOGʻI

BOTANIKA BOGʻI — tirik oʻsimliklar kolleksiyasini yigʻadigan va shu asnoda oʻsimliklar dunyosi xillari va boyligini oʻrganadigan, botanika sohasidagi bilimlarni tashviqot qiladigan i. t., oʻquvyordamchi va madaniymaorif muassasasi. Botanika bogʻi asosini ochiq dalada va oranjereyalarda oʻstirilib, i. t. ishlarida va koʻrgazmalarda foydalaniladigan oʻsimliklar kolleksiyasi tashkil etadi. Oʻsimliklarni joylashtirishda geografik, sistematik va ekologik tamoyillardan foydalaniladi. Kupchilik Botanika … Читать далее

VETERINARIYA

VETERINARIYA, veterinariya tibbiyoti, baytariya (lot. veterinarius — hayvonlarni parvarish qiluvchi, hayvonlarni davolovchi) — hayvonlar kasalliklarini oʻrganuvchi fanlar majmui hamda hayvonlar kasalliklarining oldini olish va ularni yoʻqotish, aholini odam va hayvonlar uchun umumiy boʻlgan kasalliklardan muhofaza qilishga qaratilgan tadbirlar tizimi. Veterinariya shartli ravishda 3 guruhga ajratiladigan fanlarni oʻz ichiga oladi: veterinariya – biologiya fanlari — hayvonlarning … Читать далее

ASL MANBA

ASL MANBA — biror asar yoki matnning sharhlanmagan, boshqa tilga tarjima, tahrir qilinmagan (muallif tuzatishlari va tahriri bundan mustasno) asl nusxasi. Ular fanda eng ishonchli hujjat hisoblanadi; mas, Navoiy, Bobur va b. ning asarlari asl nusxasi va h. k.

BOSTIRIB SUGʻORISH

BOSTIRIB SUGʻORISH, yoppasiga sugʻorish — sugʻorish usullaridan biri. Tuproq sharoiti va yerning nishabiga qarab, sugʻoriladigan yer 0,1—0,25 ga kattalikdagi mayd. larga boʻlinadi, atrofiga 0,2—0,4 m balandlikda marza olinadi. Bostirib sugʻorish usuli faqattuproqshoʻrini yuvish, yaxob berish, sholi va bedani sugʻorishda qoʻllaniladi. Bostirib sugʻorish suvning ortiqcha sarflanishiga, tuproq tarkibining buzilishiga, yerning shoʻrlanishi va botqoklanishiga sabab boʻlgani uchun … Читать далее

VERXARN

VERXARN (Verhaeren) Emil (1855.21.5, Sent Aman — 1916.27.11, Ruan) — belgiyalik shoir, dramaturg, tanqidchi. Fransuz tilida ijod qilgan. Luven un-ti yuridik f-tini tugatgan. «Rohiblar» (1886) toʻplamida oʻrta asrlardagi rohiblarning yorqin yigʻma obrazi berilgan. «Oqshomlar» (1887), «Halokat» (1888), «Qora mashʼallar» (1890) asarlari dekadentlik sheʼriyati ruhiga yaqin, bularda turmushni fojiaviy tasavvur etish kuchli. «Telba qishloqlar» (1893), «Gʻala-gʻovur … Читать далее

ASKANIYA-NOVA

ASKANIYA-NOVA — davlat dasht qoʻriqxonasi, Ukrainaning Xerson viloyatidagi Chaplin tumanida. Ukraina jan. da dashtlarning tabiiy oʻsimlik qoplamini saqlash maqsadlarida 1828-y. da xususiy qoʻriqxona tarzida tashkil etilgan. Qoʻriqxonada iqlimlashtirish hayvonot bogʻi va dendropark (daraxt va butalarning 120 dan ortiq xili oʻstiriladi), Ukraina «Askaniya-Nova» dasht r-nlari chorvachilik i. t. instituti bor. Iqlimlashtirish hayvonot bogʻida turli mamlakatlardan keltirilgan … Читать далее

VERSIYA

VERSIYA (lot. versio — shakl, koʻrinish) — folklorda syujeti va janri bir xil, ammo kompozitsiyasi va gʻoyaviy-badiiy xususiyatlari jihatdan keskin farq qiluvchi xalq ogʻzaki ijodi namunalari. Mas., «Alpomish» dostoni oʻzbek, qoraqalpoq va qozoq Versiya larida tarqalgan. Bular ham oʻz variantlariga ega. Shu jihatdan Versiyaning doirasi keng boʻlib, u variantlarni oʻz ichiga oladi, variantlarda ifodalangan gʻoyalar, … Читать далее