ASKANIYA-NOVA

ASKANIYA-NOVAdavlat dasht qoʻriqxonasi, Ukrainaning Xerson viloyatidagi Chaplin tumanida. Ukraina jan. da dashtlarning tabiiy oʻsimlik qoplamini saqlash maqsadlarida 1828-y. da xususiy qoʻriqxona tarzida tashkil etilgan. Qoʻriqxonada iqlimlashtirish hayvonot bogʻi va dendropark (daraxt va butalarning 120 dan ortiq xili oʻstiriladi), Ukraina «Askaniya-Nova» dasht r-nlari chorvachilik i. t. instituti bor. Iqlimlashtirish hayvonot bogʻida turli mamlakatlardan keltirilgan yovvoyi hayvonlarning noyob kolleksiyasi toʻplangan: antilopa, bizon, zubr, zebra, lama, bugʻular uchun tabiiy yashash sharoitlari yaratilgan. Yovvoyi qushlarning 270 dan ortiq turi bor (nandu, oqqushlar, flamingo, Afrika tuyaqushi, turnalar va b.). Qoʻriqxonada Prjevalskiy otlari muvaffaqiyatli koʻpaytirilmoqda. Qoʻriqxonada turli yoʻnalishlarda ilmiy ishlar olib boriladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x