BOSHLANGʻICH URUGʻCHILIK

BOSHLANGʻICH URUGʻCHILIK — yangi hamda r-nlashtirilgan ekin navlari va duragaylari urugʻlarining navdorlik va mahsuldorlik sifatlarini saqlab qolgan holda yalpi koʻpaytirish. Istiqbolli yangi navlar elitasi navni dastlabki koʻpaytirish urugʻchilik xoʻjaliklarida, r-nlashtirilgan navlar elitasi ixtisoslashtirilgan elitaurugʻchilik xoʻjaliklarida yetishtiriladi. Yangi va r-nlashtirilgan navlar dastlabki koʻpaytirish ustidan mualliflik nazoratini seleksiya muassasalari — orginatorlar olib boradi. Ekin turiga kura (donli, … Читать далее

VIZA

VIZA (frans. visa, lot. visis — koʻzdan kechirilgan, qaralgan) — 1) turli davlatlar fuqarolarining boshqa biron-bir davlatga kirishi, undan chiqishi, qisqa muddat yashashi yoki davlat hududidan oʻtishi uchun hukumat masʼul organlari tomonidan (mas., tashqi ishlar vazirligi, ichki ishlar vazirligi) fuqaro pasportiga qoʻyiladigan maxsus rasmiy ruxsat belgisi. Vizalar oddiy, turistik, xizmat va diplomatik turlarga boʻlinadi. Oddiy … Читать далее

ASTEROIDLAR

ASTEROIDLAR (yun. aster — yulduz va eidos — koʻrinish) — kichik sayyoralar; Quyosh atrofida elliptik orbitalar boʻylab harakatlanuvchi va koʻpchiligi Mars va Yupiter orbitalari oraligʻida joylashgan kichik jismlar. Titsius — Bode qonunita koʻra, Mars va Yupiter orbitalari oraligʻida Quyoshdan 2,8 a. b. uzoqlikda qandaydir sayyoralar bulishi kerakligi haqidagi faraz 18-a. oxirlarida aytilgan edi. Birinchi asteroid … Читать далее

BOSH TOVOQ

BOSH TOVOQ — sayil va toʻylarda uyushtirilgan kurash musobaqalarida qoʻyiladigan polvon tovoqlarning birinchisi. Bosh tovoqning borgʻisi (mukofoti) oddiy polvon tovoqlarnikidan katta va kimmatroq boʻlgan. Bosh tovoq borgʻisiga abzallangan ot, nor tuya, buqa, qoʻchqor kabi mollardan biri qoʻyilgan. Пост Навигацияси

VIDAL REAKSIYASI

VIDAL REAKSIYASI — ich terlama (qorin tifi) va paratiflarni aniqlash uchun qoʻllaniladigan immunobiologik reaksiya. Fransuz vrachi F. Vidal taklif etgan (1896). Reaksiya agglyutinatsiya hodisasiga asoslangan. Bemorning qon zardobi kamida 1:200 nisbatda suyultirilganda agglyutinatsiya hodisasi roʻy bersa, Vidal reaksiyasi musbat boʻladi. Bu esa diagnostik titr hisoblanadi. Serodiagnostikata asoslanib hafta oralatib Vidal reaksiyasi qoʻyilganida reaksiya titri ortib … Читать далее

ASSO

ASSO — Turfon vodiysi (hoz. XXR hududi)dagi qad. shahar xarobalaridan biri; rus sayyohlari G. Ye. GrummGrjimaylo va D. A. Klemenslarning koʻrsatishicha, Asso daryo sohilida joylashgan, keyinchalik shaharning koʻp qismi qum ostida qolib ketgan, faqat shahar oʻrdasining xarobalarigina saqlanib qolgan. U tevarak-atrofi qalin devor bilan oʻralgan toʻrtburchakli qalʼaga oʻxshaydi. Oʻrdaning asosiy qismi bir necha qavat, tepasi … Читать далее

BOSMAN

BOSMAN (gollandcha Bootsman, boot — qayiq, kema va man — odam) — kema ekipajidagi kichik komandirlik lavozimi, bevosita paluba komandasi boshligʻi. Yirik harbiy kemalarda bir necha Bosman boʻladi va ulardan biri — bosh B. hisoblanadi. Пост Навигацияси

VIBROIZOLYATSIYA

VIBROIZOLYATSIYA — odamlar va inshoot, mashina, asboblarni titrash (vibratsiya)ning zararli taʼsiridan himoya qilish. Bunda titrash manbai bilan himoya qilinayotgan obyekt orasiga titrashlar energiyasini yutadigan, yaʼni titrashlarni yumshatadigan moslama yoki qurilma — dempferlar qoʻyish orqali amalga oshiriladi. Odatda, passiv V. qoʻllaniladi. Bunday hollarda titrash manbaI taʼsirida deformatsiyalanuvchi oraliq element vibroizolyator vazifasini bajaradi. Muhim hollarda past chastotali … Читать далее

ASPIDISTRA

ASPIDISTRA (Aspidistra) — marvaridguldoshlar oilasi (convallariaceae) ra mansub koʻp yillik oʻtlar turkumi. Himolay togʻlari va uning sharqiy tomonlarida tarqalgan. 7 turi bor. A. poyasi ostidan boʻgʻizbarglar hosil qiladi. Gullari mayda. Oʻzbekistonda bir turi (A. clatior) xushmanzara oʻsimlik sifatida xona va oranjereyalarda oʻstiriladi.