ASTEROIDLAR

ASTEROIDLAR (yun. aster — yulduz va eidos — koʻrinish) — kichik sayyoralar; Quyosh atrofida elliptik orbitalar boʻylab harakatlanuvchi va koʻpchiligi Mars va Yupiter orbitalari oraligʻida joylashgan kichik jismlar. Titsius — Bode qonunita koʻra, Mars va Yupiter orbitalari oraligʻida Quyoshdan 2,8 a. b. uzoqlikda qandaydir sayyoralar bulishi kerakligi haqidagi faraz 18-a. oxirlarida aytilgan edi. Birinchi asteroid sayyorani yulduzlar jadvalini tuzish bilan shugʻullanayotgan italiyalik astronom J. Piassi tasodifan 1801-y. 1 yanvar kuni topdi. Unga Serera deb nom berildi. K. Gauss bu sayyorani uch marta kuzatgandan keyin uning orbitasini hisoblash usulini ishlab chiqdi. Hisoblashlarga koʻra, Serera Quyoshdan oʻrta hisobda 2,8 a. b. (1 a. b. q 149,6 mln. km) uzoqda turib, uning atrofida aylanar ekan. Ammo 1802-y. 28-martda nemis astronomi G. Olbers topgan yangi sayyoraning ham Quyoshdan oʻrtacha uzoqligi 2,8 a. b. ga tengligi astronomlarni hayratda qoldirdi. Ikkinchi kichik sayyoraga Pallada deb nom berildi. Keyingi ikkita Asteroidlar — Yunona va Vesta 1804—07 y. larda topildi. 1847-y. dan boshlab har yili bir nechtadan Asteroidlarlar topilib turdi. 1891-y. da M. Volf A. ni ochish uchun fotografik usulni qoʻllagach, kichik sayyoralarni kuzatish ishlari ancha jadallashdi. Bundan keyingi yillari hatto 300—400 talab, mas, 1931-y. da 400 tacha nomaʼlum kichik sayyora roʻyxatga olingan. Hozir ham har yili 100 tacha yangi sayyoralar kashf etilmoqda. Yangi ochilgan Asteroidlarga dastlab vaqtinchalik belgi (topilgan yili, oyi va tartibini bildiruvchi ikki xarf), keyinchalik, yetarli darajada oʻrganilgandan soʻng yangi raqami va nom beriladi. Asteroidlarni kuzatish asosan fotografik usulda olib boriladi. Soat mexanizmi bilan jihozlangan teleskop yordamida osmonning biror qismi fotosurati olinsa, unda yulduzlar yumaloq shaklda, ularga nisbatan harakatda boʻlgan Asteroidlar yoki kometa esa biror chiziq shaklida chiqadi. Asteroidlar larning koʻpchiligi juda xira, shu sababli, ularning birortasini ham teleskopsiz koʻrib boʻlmaydi. Shu vaqtga qadar barcha Asteroidlarning 4—5 foizdan kamrogʻi topilgan. Ularning koʻpchiligi Yerga eng yaqin kelganda 12 — 14 yulduz kattaligida boʻladi. Asteroidlarning koʻrinma harakati, asosan, katta sayyoralar harakatiga uxshash; gʻarbdan sharqqa yurib, osmon sferasida sirtmoqsimon chiziq chizadi. 1997-y. gacha 6200 dan ortik, Asteroidlar orbitasining elementlari hisoblangan. Orbita elementlarining oʻzaro bogʻlanishi va Asteroidlar soni boʻyicha taqsimlanishini tekshirib, Asteroidlar halqasi topildi. Hozirgacha topilgan Asteroidlarning 97% Quyoshdan oʻrta hisobda 2,2—3,6 a. b. uzoqlikda joylashgan. Asteroidlarning Quyosh atrofida aylanish davri 3—7 yil. Orbitasining katta yarim oʻqi boʻyicha Quyoshga eng yaqin A. Ikardir (№ 1566, a-1,08 a. b., T-409 kun). Eng uzogʻi 1992-y. da kashf qilingan 1992 AD sayyora boʻlib, uning perigeliysi 8,6 a. b., afeliysi 33,5 a. b. Quyosh atrofini 90 yilda aylanib chiqadi. Tekshirishlar Asteroidlarning Mars va Yupiter orbitalari oraligida konsentrik halqalar shaklida quyuqlashib joylashganini koʻrsatdi. Asteroidlar zichligi Yer zichligi bilan bir xil deb olinsa, Asteroidlarning umumiy massasi Yer massasiga teng boʻladi. Eng katta asteroida — Sereraning massasi Yer massasiga barobar. Kichik sayyoralarning paydo boʻlish masalasi astronomiyaning toʻla hal qilinmagan sohalaridan biridir. Baʼzi farazlarga koʻra, Asteroidlar bitta yoki bir nechta sayyoraning parchalanishi yoki sayyoralar toʻqnashganda maydalanishidan hosil boʻlgan. Boshqa farazga koʻra, mayda jismlar (meteorlar)dan yirik Asteroidlar hozir ham paydo boʻlib turadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x