VIBROIZOLYATSIYA

VIBROIZOLYATSIYA — odamlar va inshoot, mashina, asboblarni titrash (vibratsiya)ning zararli taʼsiridan himoya qilish. Bunda titrash manbai bilan himoya qilinayotgan obyekt orasiga titrashlar energiyasini yutadigan, yaʼni titrashlarni yumshatadigan moslama yoki qurilma — dempferlar qoʻyish orqali amalga oshiriladi. Odatda, passiv V. qoʻllaniladi. Bunday hollarda titrash manbaI taʼsirida deformatsiyalanuvchi oraliq element vibroizolyator vazifasini bajaradi. Muhim hollarda past chastotali vibratsiyani (sekinroq titrashlarni) kamaytirish uchun aktiv V. qoʻllaniladi. Bunda elastik elementlarning deformatsiyalanishini avtomatik rostlash tizimi boshqaradi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x