ASEB

ASEB (Assab) — Eritreyaning jan.-sharqidagi shahar. Qizil dengiz boʻyidagi port. Addis-Abeba bilan katta yoʻl orqali bogʻlangan. Aholisi 30 ming kishidan ortiq. 1890—1941-y. lar Italiya, 1941—45 y. lar Buyuk Britaniya qoʻl ostida, 1993-y. dan mustaqil Eritreya tarkibida. Neftni qayta ishlash va sement z-dlari; oziq-ovqat va toʻqimachilik korxonalari bor. Osh tuzi qazib olinadi. Aeroport bor. Port orqali … Читать далее

VINA

VINA (sanskrit) — torli-tirnama hind musiqa cholgʻu asbobi. Tirnoqlar b-n yoki koʻrsatkich va oʻrta barmoqlarga kiydirilgan noxunlar bilan chertib chalinadi. 20 ga yaqin turi mavjud. Eng mukammali — sarasvati V. Jan. Hindistonda tarqalgan boʻlib, professional musiqa ijrochiligida keng qoʻllanila-di. Unda 4 asosiy va 3 qoʻshimcha (sadola-nuvchi) tor, 19—24 surma parda boʻladi. Tovushi mayin, serjilva, tembr … Читать далее

BOQI MUHAMMAD

BOQI MUHAMMAD (71605) Buxoro xoni (1601—05). Ashsharxoniylardan. Jonibek sultonning oʻgʻli. Shayboniylar sulolasining soʻnggi vakili Pirmuhammadxon (1598—1601) Boqi Muhammadni alohida xizmatlari uchun Samarqand hokimi etib tayinlagan (1599). Shunday boʻlsada, Boqi Muhammad tez orada oʻz mavqeini mustahkamlab olib, Pirmuhammadxonga itoat etmay koʻygan va hatto unga qarshi urushga hozirlik koʻra boshlagan. 1601-y. iyunda Pirmuhammadxon Samarqand yaqinidagi Bogʻi Shamol … Читать далее

ASTROFOTOMETR

ASTROFOTOMETR (ostro… va foto, yun. metreo — oʻlchayman) — osmon jismlaridan kuzatuvchiga yetib kelgan yorugʻlik miqdorini (yulduz kattaligini) oʻlchaydigan asbob. Vizual, fotografik, fotoelektrik xillari bor. Vizual Astrofotometrda osmon yoritqichining yorugʻligi, toʻgʻrirogʻi yulduz kattaligini avvaldan maʼlum boʻlgan yorugʻlik manbai (elektr lampochkasi yoki yulduz) bilan solishtiriladi. Bunda elektr lampochkaga berilayotgan tok kuchlanishini oʻzgartirish yoki nurlar yoʻliga diafragma … Читать далее

BOSHQIRD

BOSHQIRD — 1) boshqirdlar millatiga mansub kishi; 2) oʻzbeklarning qipchoq, jaloyir qabilalari tarkibiga kirgan bir urugʻning nomi. Fargʻona vodiysi va Surxondaryo viloyatida «Boshqird qishloq» deb ataladigan qishloqlar ham uchraydi. Hasan Ato Abushiyning «Turkiy qavmlar tarixi» asari (1909)da keltirilishicha, B o sh qoʻrd atamasi «Bosh uygʻur» yoxud «Boshqutir» soʻzidan olingan. Kamoliddin Binoiy «Shayboniynoma» asarida 15-a. oxiri … Читать далее

VILNYUS UNIVERSITETI

VILNYUS UNIVERSITETI — Litvadagi eng yirik va koʻhna un-t. 1579-y. Vilnyus akademiyasi sifatida tashkil etilgan. 1832-y. da yopilgan. 1919-y. da qayta tuzilgan. Mat., fizika, biol., kimyo, iqtisod va b. sohalar boʻyicha mutaxassislar tayyorlaydi. Tibbiyot xodimlari va oʻqituvchilarni tayyorlash hamda qayta tayyorlash boʻlimi mavjud. 17 mingga yaqin talaba taʼlim oladi. Ilmiy kutubxonasi (1570-y. da tashkil etilgan)da … Читать далее

ASTRONOMIK BELGILAR

ASTRONOMIK BELGILAR — Quyosh, Oy, sayyoralar, zodiak yulduz turkumlari hamda sayyoralarning roʻpara turish va birlashish nuqtalari, Oy fazalari va b. ni ifodalash uchun ishlatiladigan shartli belgilar. Astronomiyaga oid adabiyotlarda, yilnomalar va taqvim (kalendar) larda qoʻllaniladi. Baʼzi Astronomik belgilar hafta va oy kunlarini belgilashda ham ishlatiladi.

BOSHQARILADIGAN BOMBA

BOSHQARILADIGAN BOMBA — aviatsiya bombasituri. Quruklik va dengizdagi kichik hajmli muhim nishonlarga tashlanadi. Boshqariladigan bomba samolyotdan turib radiouzatkichlar yordamida boshqariladi. Boshqa turdagi bombalarga nisbatan moʻljalga aniq tegadi. Пост Навигацияси

VIKASOL

VIKASOL (Vikasolum), K, vitamini — qondagi protrombinni koʻpaytirib, krnning ivish xossasini oshiradigan — qon toʻxtatadigan sintetik preparat. Ukraina olimi Palladii tomonidan sintez qilingan (1941—44). Qon ketganda, shuningdek bemorlarni operatsiyaga tayyorlashda ishlatiladi; 3—4 kun ichiriladi yoki muskul orasiga yuboriladi. Qonning ivish xossasi oshib ketganda Vikasol berib boʻlmaydi. Koʻproq akusherlik amaliyotida qoʻllaniladi. Пост Навигацияси

ASTROV Mixail Sergeyevich

ASTROV Mixail Sergeyevich (1882.19.9 (2.10) – 1957.23.4 – Toshkent) — Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1941). prof. (1932), tibbiyot fanlari d-ri (1935), ToshTI fakultet jarrohligi kafedrasi mudiri (1932— 56), Oʻzbekiston jarrohlar jamiyatining raisi (1945—56). Meʼda-ichak, taloq, koʻrichak kasalliklari jarrohligi, neyrojarrohlik, buqoqni jarrohlik usulida davolash va b. sohalarda ilmiy ish olib borgan.