BESHINCHI RESPUBLIKA

BESHINCHI RESPUBLIKA — Fransiyada de Goll hukumati tayyorlagan 1958-y. gi konstitutsiya (Beshinchi respublika konstitutsiyasi) joriy etilgandan keyingi respublika. B. r. konstitutsiyasiga muvofiq, parlament vakolati cheklanib, respublika prezidenti huquqi kuchaytirilgan. Пост Навигацияси

VONSOVSKIY Sergey Vasilyevich

VONSOVSKIY Sergey Vasilyevich (1910.20. 8, Toshkent) — fizik olim, akad. (1966). Ilmiy ishlari metallar hamda yarimoʻtkazgichlarning magnit va elektr xossalarini, ferromagnetizmni oʻrganishga, oʻtish metallari va qotishmalar uchun oʻta oʻtkazuvchanlik nazariyasini yaratishga bagʻishlangan. Vonsovskiy ferromagnitlar qutb modellarini taklif qilgan va bu modellar asosida Kyuri nuqtasi yaqinidagi ferromagnitlarning umumiy nazariyasini ishlab chiqqan (k,. Antiferromagnetizm). Пост Навигацияси

ANDIJON SUV OMBORI

ANDIJON SUV OMBORI — Andijon viloyatida Qoradaryoda qurilgan gidrotexnika inshooti. Koʻp yillik rejimda daryo suvini tartibga soladi. Irrigatsiya-energetika maqsadlariga moʻljallangan. Qurilish 1982-y. da nihoyasiga yetdi. Andijon suv ombori bal. 121 m, uzunligi 1040 m boʻlgan betonli katta kontrforeli toʻgʻon qurib hosil qilingan. Suv sigʻimi 1,9 mlrd. m3. Gidrouzel tarkibiga toʻgʻon, suv oʻtkazuvchi inshootlar va GES … Читать далее

BEXER

BEXER (Becher) Iogannes Robert (1891.22.5, Myunxen1958.10.11, Berlin) —nemis yozuvchisi. Dastlabki asarlari ekspressionizm gʻoyalari bilan sugʻorilgan. «Hammaga» (1919), «Doimiy qoʻzgʻolonda» (1920), «Xudo nomi bilan» (1921) asarlarida spartakchilarning qahramonligini kuylash bilan insonga xos yaratuvchilikni va adolatsizlikka qarshi kurash gʻoyalarini ulugʻlaydi. Bexerning realizmga intilishlari bosqinchilik urushlarini qoralovchi L«yuizit» (1926) romanida yaqqol ifodalangan. U fashizmga qarshi adabiy harakatda muhim … Читать далее

ANDIJON BIOKIMYO ZAVODI

ANDIJON BIOKIMYO ZAVODI — yirik kimyo sanoati korxonasi. Andijon sh. da joylashgan. «Oʻzkimyosanoat» uyushmasi tarkibiga kiradi. Dondan rektifikatsiyalangan oziq-ovqat (etil) spirti ishlab chiqaradi. Respublikadagi oziq-ovqat, tibbiyot, atir-upa va b. sanoat tarmoqlarini spirt bilan taʼminlaydi. Korxona 1953-y. da Andijon gidroliz z-di sifatida tashkil etilgan va chigit shulxasi, sholi qobigʻidan texnik etil spirti, ozuqa achitqilari, ksilit, nitrolignin … Читать далее

VOLF

VOLF (Wolff) Kaspar Fridrix (1734. 18. 1, Berlin — 1794. 22.2, Peterburg) — nemis biologi. Oʻsimliklar vegetativ organlarining metamorfozi toʻgʻrisidagi taʼlimotning yuzaga kelishida katta hissa qoʻshgan. Epigenez nazariyasining asoschisi. Preformizmta qarshi chiqqanligi uchun Germaniyadan ketishga majbur boʻlgan. V. Peterburg FA aʼzosi (1767-y. dan) 1767-y. dan umrining oxirigacha Rossiyada ishlagan. Volf birinchi boʻlib embrion varaqlari toʻgʻrisidagi … Читать далее

BETANURLAR DETEKTORI

BETANURLAR DETEKTORI — yadro nurlanishini qayd qiluvchi asbob. B. n. d. sifatida, asosan, Geyger— Myuller gaz hisoblagichlari ishlatiladi. Gaz hisoblagichida betanurlanishning ayrim zarralarini qayd qilish mumkin. Gaz hisoblagichining ishlash tarzi unda betanurlanishning har bir zarrasi hosil qilgan ionlashish tokini kuchaytirishga asoslangan. Gaz hisoblagichi ichiga ingichka metall sim tortilgan metall yoki shisha silindrdan iborat (rasm). Silindr … Читать далее

ANDAMAN DENGIZI

ANDAMAN DENGIZI — Hind okeanining shim.-sharqiy qismida, Hindixitoy ya. o. sohillariga tutashgan dengiz. Ochiq okeandan Andaman va Nikobar o. lari ajratib turadi. Mayd. 600 ming km2 dan ortiq. Eng chuqur joyi 4507 m. Oqimlar yoʻnalishi musson shamollariga qarab oʻzgarib turadi. Suv yuzasidagi t-ra may oyida 29°, fev. da 26 — 28°. Shoʻrligi shim. da 20%o … Читать далее

BESSA

BESSA (frans. baisse — pasaytirmoq) — birja chayqovchiligi; qimmatbaho qogʻozlar kurs i yoki tovarlar narxini pasaytirish maqsadida amalga oshiriladi. Narxlarni lasaytirishga intiladigan tadbirkor qimmatbaho qogʻozlar yoki tovarlarni maʼlum muddatga sotadi. Kelishilgan muddat va uning ijrosi oʻrtasidagi davr mobaynida bozorda narx tushib ketsa, kelishuvni bajarish muddati kelishi b-n chayqovchisotuvchi qogʻozlar yoki tovarlarni yanada arzonroq narxda xarid … Читать далее