ANDIJON BIOKIMYO ZAVODI

ANDIJON BIOKIMYO ZAVODI — yirik kimyo sanoati korxonasi. Andijon sh. da joylashgan. «Oʻzkimyosanoat» uyushmasi tarkibiga kiradi. Dondan rektifikatsiyalangan oziq-ovqat (etil) spirti ishlab chiqaradi. Respublikadagi oziq-ovqat, tibbiyot, atir-upa va b. sanoat tarmoqlarini spirt bilan taʼminlaydi. Korxona 1953-y. da Andijon gidroliz z-di sifatida tashkil etilgan va chigit shulxasi, sholi qobigʻidan texnik etil spirti, ozuqa achitqilari, ksilit, nitrolignin … Читать далее

BETANURLAR DETEKTORI

BETANURLAR DETEKTORI — yadro nurlanishini qayd qiluvchi asbob. B. n. d. sifatida, asosan, Geyger— Myuller gaz hisoblagichlari ishlatiladi. Gaz hisoblagichida betanurlanishning ayrim zarralarini qayd qilish mumkin. Gaz hisoblagichining ishlash tarzi unda betanurlanishning har bir zarrasi hosil qilgan ionlashish tokini kuchaytirishga asoslangan. Gaz hisoblagichi ichiga ingichka metall sim tortilgan metall yoki shisha silindrdan iborat (rasm). Silindr … Читать далее

ANDAMAN DENGIZI

ANDAMAN DENGIZI — Hind okeanining shim.-sharqiy qismida, Hindixitoy ya. o. sohillariga tutashgan dengiz. Ochiq okeandan Andaman va Nikobar o. lari ajratib turadi. Mayd. 600 ming km2 dan ortiq. Eng chuqur joyi 4507 m. Oqimlar yoʻnalishi musson shamollariga qarab oʻzgarib turadi. Suv yuzasidagi t-ra may oyida 29°, fev. da 26 — 28°. Shoʻrligi shim. da 20%o … Читать далее

BESSA

BESSA (frans. baisse — pasaytirmoq) — birja chayqovchiligi; qimmatbaho qogʻozlar kurs i yoki tovarlar narxini pasaytirish maqsadida amalga oshiriladi. Narxlarni lasaytirishga intiladigan tadbirkor qimmatbaho qogʻozlar yoki tovarlarni maʼlum muddatga sotadi. Kelishilgan muddat va uning ijrosi oʻrtasidagi davr mobaynida bozorda narx tushib ketsa, kelishuvni bajarish muddati kelishi b-n chayqovchisotuvchi qogʻozlar yoki tovarlarni yanada arzonroq narxda xarid … Читать далее

ANGREN SANOATKARTONSAVDO AKSIYADORLIK JAMIYATI

ANGREN «SANOATKARTONSAVDO» AKSIYADORLIK JAMIYATI — turli qogʻoz oʻramlari, 2, 3 va 5 qatlamli gorflangan qalin qogʻozlar, mikrogofkarton, turli tarkibdagi silikat yelimi va b. xalq isteʼmoli mollari ishlab chiqaradigan korxona. «Oʻzbekmebel» davlat aksiyadorlik birlashmasi tarkibiga kiradi, 1988-y. da Angren karton idishlar f-kasi, soʻngra Angren karton k-ti nomlari bilan atalgan. 1994-y. dan hoz. nomda va ochiq turdagi … Читать далее

VOLGOGRAD TRAKTOR ZAVODI

VOLGOGRAD TRAKTOR ZAVODI (1961-y. gacha Stalingrad traktor zavodi, STZ) — sobiq Ittifoq traktorsozlik sanoatining eng yirik va dastlabki korxonasi. Volgograd sh. da joylashgan. 1930-y. ishga tushirilgan. 1942-y. gacha STZ-1, STZ-5. STZ-8 gʻildirakli traktorlar ishlab chiqargan. Urush davrida harbiy texnika va qurol-aslaha tayyorlagan. 1943-y. zavod butunlay vayron etilgan. 1944-y. da z-d qayta tiklanib, gusenitsali (zanjirli) traktorlar … Читать далее

BERTILYON

BERTILYON (Bertillon) Alfons (1853.22.4 Parij 1914.13.2) fransuz yuristi, sud identifikatsiyasi metodik tizimining ijodkori. Mazkur tizim antropometriya, tasviriy portret, signalitik fotosurat va alohida belgilarni hisobga olish kabilardan iborat, 1890-y. dan eʼtiboran deyarli barcha mamlakatlarda qullanilmoqda. Пост Навигацияси

ANGLIYA-ROSSIYA BITIMLARI

ANGLIYA-ROSSIYA BITIMLARI (1873, 1885, 1907) — 1873-y. bitimi Angliya va Rossiya hukumatlari oʻrtasida 1872-y. okt. — 1873-y. yanv. da boʻlgan muzokaralar natijasida Turkiston «bufer» poyasi — oraliq yerlari haqida tuzilgan. Bu bitim Rossiya va Angliyaning Turkistondagi taʼsir doiralari chegaralariii va Afgʻoniston amirligining shim. chegaralarini belgiladi. Bitim Turkistondagi ingliz-rus qarama-qarshiligini vaqtincha yumshatdi.

VOKALIZATSIYA

VOKALIZATSIYA — unli tovushlarda kuylash; vokal musiqaning asosiy badiiy (ifodaviy) usullaridan. Soʻz boʻgʻinini ikki va undan ortiq tovushlarda kuylash Vokalizatsiyaning eng oddiy xilidir. Boshidan oxirigacha biron-bir soʻzning boʻgʻinlari kuylanadigan asarlar ham uchraydi. Mas., «Alliluyya» (V. Motsart), «Madhiya» (M. Glinkaning «Ivan Susanin» operasi epilogida). Vokalizatsiya xalq (xususan oʻzbek) musiqa ijodida ham mavjud. (k,. Hang). Пост Навигацияси