BESSA

BESSA (frans. baisse — pasaytirmoq) — birja chayqovchiligi; qimmatbaho qogʻozlar kurs i yoki tovarlar narxini pasaytirish maqsadida amalga oshiriladi. Narxlarni lasaytirishga intiladigan tadbirkor qimmatbaho qogʻozlar yoki tovarlarni maʼlum muddatga sotadi. Kelishilgan muddat va uning ijrosi oʻrtasidagi davr mobaynida bozorda narx tushib ketsa, kelishuvni bajarish muddati kelishi b-n chayqovchisotuvchi qogʻozlar yoki tovarlarni yanada arzonroq narxda xarid qilib, oʻz kontrageptiga shartlashilgan yuqori narxlarda topshirib, foyda olishi mumkin. Shunday qilib, kelishuv tovar yoki qogʻozlarni amadda yetkazib bermay turib ham kurs farqini toʻlash b-n tugaydi. Kurs yoki narx pasayishidagi farq sotuvchi foydasiga, narx koʻtarilganda esa xaridor foydasiga hal boʻladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x