ANDIJON BIOKIMYO ZAVODI

ANDIJON BIOKIMYO ZAVODI — yirik kimyo sanoati korxonasi. Andijon sh. da joylashgan. «Oʻzkimyosanoat» uyushmasi tarkibiga kiradi. Dondan rektifikatsiyalangan oziq-ovqat (etil) spirti ishlab chiqaradi. Respublikadagi oziq-ovqat, tibbiyot, atir-upa va b. sanoat tarmoqlarini spirt bilan taʼminlaydi. Korxona 1953-y. da Andijon gidroliz z-di sifatida tashkil etilgan va chigit shulxasi, sholi qobigʻidan texnik etil spirti, ozuqa achitqilari, ksilit, nitrolignin va b. mahsulotlar ishlab chiqardi. 90-y. lar boshidan atrof muhitga salbiy taʼsirini hisobga olib z-dning ishlab chiqarish yoʻnalishini oʻzgartirish ishlari boshlandi va 1994-y. dan gidroliz sanoati i. ch. quvvatlari toʻxtatildi. 1991— 94 y. larda etil spirti i. ch. quvvatlari qurilib, korxonaning 1-navbati 1994-y. dek. da ishga tushirildi (loyiha quvvati yiliga 915 ming dal etil spirti). 1995-y. sent. dan korxonaning (yillik loyiha quvvati 877 ming dal boʻlgan) 2-navbati qurilishi boshlandi va 1999-y. da ishga tushirildi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x