MINA QIDIRGICH

MINA QIDIRGICHdaryo va dengizda suv tagiga, quruqlikda yerga qoʻyilgan (koʻmilgan) metall minalarni topish uchun moʻljallangan radioelektron va elektromagnit qurilma; mina maydonini razvedka qilishning asosiy vositasi. Birinchi marta harbiy muhandis B. Ya. Qudimov 1939-y. yaratgan. Mina qidirgich q – buklama tayoqcha mahkamlangan qidirgich-panjara, elektr toki bilan taʼminlab turuvchi batareya, quloqqa tutiladigan telefon va birlashtiruvchi kabellardan iborat. Mina qidirgichni, asosan, bir kishi ishlatadi. No-metall minalar shchuplar (paypaslagichlar) yoki boshqa usullar yordamida qidiriladi. Mina qidirgich 50 sm tuprok, ostidagi, 1 m chuqurlikdagi suv ostidagi minalarni aniqlab signal beradi. Mina qidirgich dushmanning minalashtirilgan maydonidan oʻtishda, joylarni minalardan tozalashda qoʻllanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x