MOYLISUV

MOYLISUVFargʻona vodiysidagi dare (suvi tarkibida neft bulganidan dare Moylisuv deb atalgan). Fargʻona tizmasidagi Boyboshota togʻining shim.-gʻarbiy yon bagʻridagi Katmonkoʻl kulidan (4000 m), Kerey nomi bilan boshlanadi. Sarasuvsoy, Mustu, Samandiq, Saribiya, Asivaz soylari bilan qoʻshilib Moylisuvni qosil qiladi. Uz. 87 km, eng yirik irmogʻi bilan 107 km. Havzasi 748 km2. M. yuqori oqimida Koʻprikboshi qishlogʻigacha chuqur doirasimon vodiysida, Izboskan qishlogʻigacha adirlardan (bal. 1000—1500 m) oqadi. Qor, yomgʻir va buloqlardan toʻyinadi. Oʻrtacha yillik suv sarfi 9,15 m3/sek. Martdan avgustgacha Moylisuv sersuv boʻladi (77,6%). Andijon viloyatining Izboskan tumani yerlarini sugʻoradi. Soy vodiysida Qirgʻizistonning Moylisoy sh., Koʻktosh shaharchasi va Oʻzbekistonning Izboskan qishlogʻi joylashgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x