MALAGASI TILI

MALAGASI TILI, malgash tili — avstronez tillari oilasidagi indonez tillari tarmogʻiga mansub, Madagaskar o. da, unga yaqin boʻlgan Komor va Seyshel o. larida tarqalgan til. Fransuz tili bilan birga Madagasskar Respublikasining rasmiy tili hisoblanadi; unda 10 mln. dan ortiq kishi soʻzlashadi.

Malagasi tili gʻarbiy va sharqiy guruh lahjalarga boʻlinadi. Sharqiy guruhdagi merina lahjasi adabiy tilga asos boʻlgan. Fonetik tizimdagi 5 ta (i, e, a, o, i) unli, 20 ta undosh va ao, ai, oi, ei, diftonglari mavjud. Feʼl nisbatlari tizimi ancha rivojlangan. Zamon kategoriyasi morfologik usulda — affikslar yordamida ifodalanadi. Otlarda jins, son, kelishik kategoriyalari mavjud emas. II shaxs olmoshlari soʻzlovchi va tinglovchining jinsi, ijtimoiy mavqeiga qarab 7 tagacha boʻladi. Sintaktik jihatdan kesim, odatda, ran boshida, ega ran oxirida, aniklovchi aniqlanmishdan keyin keladi. Lugʻat tarkibida sanskrit, arab, suaxili tillaridan oʻzlashmalar anchagina. Rivojlanish jarayonida Malagasi tiliga arab tili, keyinchalik fransuz tili sezilarli taʼsir koʻrsatgan. 19-a. boshigacha arab yozuvi, 19-a. boshlaridan esa lotin yozuvi qoʻllaniladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x