MIKROTSEFALIYA

MIKROTSEFALIYA (mikro… va yun. kephale — bosh) — rivojlanish nuqsoni; gavdaning boshqa qismlari raso boʻlgani holda kalla suyagi va bosh miyaning kichikligi. Homiladorlikda onaning virusli kasalliklar bilan ogʻrishi, toksoplazmoz, baʼzan homilaning meningoensefalit boʻlishi Mikrotsefaliyaga sabab boʻladi. Mikrotsefaliyada aqliy rivojlanishdan orqada qolish kuzatiladi. Bunda esipastlikning yengilroq xilidan to telbalikkacha boʻlgan shakli uchrashi mumkin.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x