MOYBALIQLAR

MOYBALIQLAR (Chalcalburnus) karpsimonlar oilasiga mansub balik,lar turi. Uz. 40 sm gacha, vazni 800 g gacha. Tanasining qorin va anal suzgichlari oraligʻidagi terisi tangachalar b-n toʻliq qoplanmagan. Oʻrta Osiyo va Yevropa daryolari, Tigr va Yefrat daryolari havzalarida bir necha turi uchraydi. Orol dengizi, Sirdaryo va Amudaryoning quyi oqimi va Zarafshon darasida orol moybaligʻi kenja turi; Kaspiy, … Читать далее

MALDIV

MALDIV (Dhivehi Rajjge) , Maldiv Respublikasi (Dhivehi Rajjeyge Jumhooriyya) — Jan. Osiyoda, Hind oke-anining shim.-gʻarbiy qismidagi Maldiv o. larida joylashgan davlat. Shri Lanka o. ningjan. garbida. Mayd. 298 km2. Aholisi 310,7 ming kishi (2001). Poytaxti — Male sh. Maʼmuriy jihatdan 20 orollar guruhiga boʻlinadi. Davlat tuzumi. Maldiv — respublika. Buyuk Britaniya boshchiligidagi Hamdoʻstlik tarkibida. Amaldagi … Читать далее

PEChENEG TILI

PEChENEG TILI, bijanak tili — 8—11-a. larda Volga va Ural daryolari buylari, Orol va Kaspiy dengizlari oraligʻidagi dashtlarda yashagan pecheneg (bijanak)lar tili; turkiy tillarning qipchoq guruhiga mansub. Fonetik xususiyatlariga koʻra qipchoq tiliga yaqin boʻlgan, yaʼni soʻz oʻrtasi va oxirida ayrim undoshlarning yum-shashi, reduksiyaga uchrashi yoki boshqa undoshlarga almashinishi; ayrim un-doshlar taʼsirida til orqa a unlisining … Читать далее

PEROVSKIY Vasiliy Alekseyevich

PEROVSKIY Vasiliy Alekseyevich (1795.19(20) .2, Pochep sh., xrz. Bryansk viloyati – 1857.8(20).12, Alupka] — rus harbiy arbobi, general-adyutant (1833), kavaleriya generali (1843), graf-(1855-y. dan). 1812-y. gi Fransiyarossiya urushi va rus-turk urushi (1828—29)da qatnashgan. Imperator Nikolay 1 ga yaqin boʻlgan. 1832 — 42 va 1851—57 y. larda Orenburg guberniyasi harbiy gubernatori va Alohida Orenburg korpusi komandiri. … Читать далее

MOʻYLOVLI BALIQLAR

MOʻYLOVLI BALIQLAR (Barbus) karpsimonlar oilasiga mansub baliqlar urugʻi. Daryo va koʻllarda yashaydi yoki oʻtkinchi baliqlar. Ogʻzi yonida ikki juft moʻylovi, orqa suzgichida tishchalari, baʼzan silliq tikani boʻladi. Koʻpchilik turlari Afrika va Osiyoning tropik, Yevropaning iliq suvlarida yashaydi. Orol moʻylovli baligʻi (B.brachycephalus)ning uz. 1 m gacha, vazni 20 kg gacha. 5—6 y. da voyaga yetadi. Uvildiriq … Читать далее

MUHAMMAD AMIN INOQ

MUHAMMAD AMIN INOQ (taxm. 1730—1790. 14.4) — Xiva xonligini idora qilgan qoʻngʻirot sulolasi asoschisi. Inoqlardan. Muhammad Amin Inoq 1761-y. inoklik lavozimiga koʻtarilgan. Turkmanlarning yovmut va chovdur kabilalariga qarshi kurash olib borgan, lekin mu-vaffaqiyatsizlikka uchrab Buxoroga, Doniyolbiy otaliq yoniga ketgan. Xorazmni butunlay egallab olgan yovmutlar Xiva taxtiga Gʻoyibxonning oʻgʻli Jahongirxonni koʻtarganlar. Uning davrida (1769—70) besh qalʼa … Читать далее

MAHALLIY SHAMOLLAR

MAHALLIY SHAMOLLAR — tezligi, takrorlanishi, yoʻnalishi va b. meteoreologik elementlari bilan ajralib turadigan shamollar; Yer yuzasining maʼlum r-nlariga xos boʻladi. Mahalliy shamollarning paydo boʻlishiga sabablar: mahalliy topografiya yoki orografiyaning umumiy sirkulyatsiya oqimlariga taʼsiri natijasi (fen, bora va b.); umumiy sirkulyatsiyasidan qatʼi nazar, mahalliy sirkulyatsiyaning (brizlar, togʻvodiy shamollari) mavjudligi; baʼzida uyurma xususiyatlariga ega boʻlgan konveksiyaning (changli … Читать далее

PASXA OROLI

PASXA OROLI, Rapanui — Tinch okeanning sharqiy qismidagi vulkan oroli. Jan. Amerikadan 3000 km uzoqlikda, Chili hududi. Mayd. 165,5 km2. Orol uchburchak shaklda boʻlib, har bir uchida vulkanlar bor: Rano-Aroi (539 m, orolning eng baland joyi), Katiki (377 m) va Rano-Kao (324 m). Qirgʻokdari qoyali. Iqlimi subtropik, sernam iqlim. Oʻrtacha oylik t-ra 16—23°. Yiliga 1300 … Читать далее

MOLUKKA OROLLARI

MOLUKKA OROLLARI — Malay arxipelagining sharqiy qismidagi orollar guruhi. Indoneziya hududi. Sulavesi va Yangi Gvineya o. lari oraligʻida. Mayd. 83,7 ming km2. Shim. dan janub va jan.sharqqa 1300 km maso-faga choʻzilgan. Yirik orollari: Xalmaxera, Seram, Buru. Yer yuzasi togʻlik, eng baland joyi — 3019 m, Binaya togʻi (Seram o. da). Tez-tez zilzila boʻlib turadi. Vulkan … Читать далее

MYEY

MYEY, Mergui — Andaman dengizidagi orollar guruhi, Myanma qirgʻoqlari yaqinida. Hindixitoy ya. o. markaziy qismidagi togʻ tizmalarining suv ostidagi davomi. Jami 800 dan ortiq orol va granit qoyalardan iborat boʻlib, mayd. 3,5 ming km2 chamasida. Yer yuzasi tepalik va past togʻlardan iborat, eng baland joyi 767 m. Tropik oʻrmonlar bilan qoplangan, sohil qismida mangra oʻrmonlari … Читать далее