MOLUKKA OROLLARI

MOLUKKA OROLLARI — Malay arxipelagining sharqiy qismidagi orollar guruhi. Indoneziya hududi. Sulavesi va Yangi Gvineya o. lari oraligʻida. Mayd. 83,7 ming km2. Shim. dan janub va jan.sharqqa 1300 km maso-faga choʻzilgan. Yirik orollari: Xalmaxera, Seram, Buru. Yer yuzasi togʻlik, eng baland joyi — 3019 m, Binaya togʻi (Seram o. da). Tez-tez zilzila boʻlib turadi. Vulkan koʻp. Iklimi ekvatorial, jan. da subekvatorial iqlim. Sohillarida t-ra 25—27°. Yillik yogʻin 800 — 2000 mm, togʻlarda 4000 mm gacha. Molukka orollarining 80% dan ortiq hududi doim yashil va barg toʻkuvchi tropik oʻrmonlar b-n band. Pasttekisliklarda butazorlar uchraydi. Orol faunasi Sharqiy Osiyo va Avstraliyaga xos xayvon turlaridan iborat. Sholi, makkajoʻxori, ziravorlar ekiladi. Kokos palmasi planta-siyalari bor. Bosh shaxri va porti — Ambon (Ambon o. da).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x