PEROVSKIY Vasiliy Alekseyevich

PEROVSKIY Vasiliy Alekseyevich (1795.19(20) .2, Pochep sh., xrz. Bryansk viloyati – 1857.8(20).12, Alupka] — rus harbiy arbobi, general-adyutant (1833), kavaleriya generali (1843), graf-(1855-y. dan). 1812-y. gi Fransiyarossiya urushi va rus-turk urushi (1828—29)da qatnashgan. Imperator Nikolay 1 ga yaqin boʻlgan. 1832 — 42 va 1851—57 y. larda Orenburg guberniyasi harbiy gubernatori va Alohida Orenburg korpusi komandiri. 1839—40 y. da josuslik maqsadida Xivaga qilingan yurishga rahbarlik qilgan, bu yurish muvaffaqiyatsizlik bilan tu-gagan (q. Perovskiy ekspeditsiyasi). 1853-y. rus qoʻshinlari Perovskiy qoʻmondonligi os-tida Oqmachit qalʼasini (Perovskiy forti, keyinchalik Perovsk sh., xoz. Qizil oʻrda) egallaganlar. Sirdaryo boʻyida bir qancha istehkomlar qurganlar, bu Orol harbiy flotiliyasi barpo etilishi bilan bir qatorda keyinchalik Qoʻqon xonligini bosib olinishiga imkon bergan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x