PASXA OROLI

PASXA OROLI, Rapanui — Tinch okeanning sharqiy qismidagi vulkan oroli. Jan. Amerikadan 3000 km uzoqlikda, Chili hududi. Mayd. 165,5 km2. Orol uchburchak shaklda boʻlib, har bir uchida vulkanlar bor: Rano-Aroi (539 m, orolning eng baland joyi), Katiki (377 m) va Rano-Kao (324 m). Qirgʻokdari qoyali. Iqlimi subtropik, sernam iqlim. Oʻrtacha oylik t-ra 16—23°. Yiliga 1300 mm yogʻin yogʻadi. Asosan, oʻt oʻsimliklari usadi. Tropik dehqonchilik qilinadi. Baliq ovlanadi, qoʻychilik rivojlangan. Maʼmuriy markazi — Xangaroa. Pasxa orolini 1722-y. da golland dengizchi sayyohi Ya. Roggeven pasxa bayrami kuni kashf kilgan. 1888-y. dan Chili tarkibida. Orolda pasxaliklarning qad. madaniyat qoldiklari — tosh xaykallar, yozuvlar bitilgan taxtachalar sakdangan. Pasxa orolida 1955—56ylarda T. Xeyerdal rahbarligida Norvegiya—Amerika ekspeditsiyasi arxeologik qazishmalar oʻtkazdi. Tadkiqotchilar fik-richa, orolning dastlabki aholisi Pe-rudan kuchib borgan. 15-a. da Pasxa oroliga Markiz slaridan polinezlar borib oʻrnashgan. Ular 17-a. da orolning dastlabki aholisini butunlay kirib tashlagan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x