MOʻYLOVLI BALIQLAR

MOʻYLOVLI BALIQLAR (Barbus) karpsimonlar oilasiga mansub baliqlar urugʻi. Daryo va koʻllarda yashaydi yoki oʻtkinchi baliqlar. Ogʻzi yonida ikki juft moʻylovi, orqa suzgichida tishchalari, baʼzan silliq tikani boʻladi. Koʻpchilik turlari Afrika va Osiyoning tropik, Yevropaning iliq suvlarida yashaydi. Orol moʻylovli baligʻi (B.brachycephalus)ning uz. 1 m gacha, vazni 20 kg gacha. 5—6 y. da voyaga yetadi. Uvildiriq tashlash uchun may—iyul oylarida Amudaryo va Sirdaryoga oʻtadi. 540,7 ming tagacha tuxum qoʻyadi. Uvildiriqlari yirik, pelagik (suvda qalqib turadi). Orol dengizida, asosan, mollyuskalar bilan oziqdanadi. Moʻylovli baliqlar ovlanadi. Hozir soni keskin kamayib ketgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x