MOYBALIQLAR

MOYBALIQLAR (Chalcalburnus) karpsimonlar oilasiga mansub balik,lar turi. Uz. 40 sm gacha, vazni 800 g gacha. Tanasining qorin va anal suzgichlari oraligʻidagi terisi tangachalar b-n toʻliq qoplanmagan. Oʻrta Osiyo va Yevropa daryolari, Tigr va Yefrat daryolari havzalarida bir necha turi uchraydi. Orol dengizi, Sirdaryo va Amudaryoning quyi oqimi va Zarafshon darasida orol moybaligʻi kenja turi; Kaspiy, Azov va Qora dengizda oddiy moybaliq tarqalgan. Orol moybaligʻi oʻtroq, oddiy moybaliq oʻtkinchi hisoblanadi. Moybaliqlar 2—3 y. da voyaga yetadi; yozda 2,6—23,5 mingtagacha uvildiriq tashlaydi. Plankton va baliklar chavogʻi bilan oziqlanadi. Ovlanadi. Soni kamayib ketganligi tufayli ayrim joylarda sunʼiy koʻpaytiriladi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x