MAMAY

MAMAY (? – 1380) – Oltin Oʻrda xoni Berdibek davri (1357—61) moʻgʻullar tumanboshisi. Xonning kuyovi boʻlgan. Mamay amalda Oltin Oʻrdaning hukmdoriga aylangan. U Chingizxon avlodidan boʻlmasada, hokimiyatni qoʻgʻirchoq xonlar nomidan olib borgan. Saltanatning qudratini tiklash maqsadida rus yerlariga bir qancha harbiy yurishlar qilgan. Mamay 14-a. oʻrtalarida Oltin Urda hududining atrofidagi rus yerlarini oʻziga boʻysundirgan. Moskva ulugʻ knyazligining kuchayishiga toʻsqinlik qilish maqsadida uning raqiblari — Litva, Tver knyazliklarini qoʻllabquvvatlagan. Ryazan (1373 va 1378) va Nijniy Novgorod (1378) knyazliklariga ogʻir talafot yetkazgan. Moskva knyazligi hududiga bostirib kirishga uringanda uning qoʻshini Voja daryosi boʻyida magʻlubiyatga uchragan (1378), 1380-y. Kulikovo jangida Mamay tormor keltirilgan. Oltin Oʻrdada Amir Temurnint noibi Toʻxtamshissh magʻlubiyatga uchragach, hokimiyatni unga topshirishga majbur boʻlgan. Mamay oʻzining xazinasi hamda bir guruh tarafdorlari bilan Kafa (hoz. Feodosiya)ga qochgan va oʻsha yerda oʻldirilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x