SAROYBOTU

SAROYBOTU, Eski Saroy (yilnomalarda — Katta saroy) — Botuxon tomonidan qurdirilgan shahar (1254). Dastlab Oltin Oʻrdattt asosiy siyosiy markazi hisoblangan. Saroybotuda koʻplab saroylar, masjidlar, hunarmandchilik dahalari (Cherepyanoye pole) va b. boʻlgan. Saroybotu atrofida katta nekropol joylashgan. Oltin Oʻrda xonlarining oʻzaro kurashi va Amir Temurning yurishi (1395) natijasida qattiq shikastlangan. 1480-y. uzilkesil vayronaga aylangan. 18-a. shahar oʻrnida selitra (oʻgʻit) zavodi joylashgan. Shahar xarobalari hoz. Astraxon viloyati Xarabali tumanidagi Selitrennoye kishlogʻida saqlanib qolgan. F. B. Ballod (1922), P. S. Rikov (1931)lar tomonidan qazish ishlari olib borilgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x