MEMUAR

MEMUAR (frans. memoire — xotira, esdalik) , yodnoma, esdalik — real voqeahodisalar ishtirokchisi yoki guvohining oʻtmish haqidagi xotira asari. Memuar uchun voqeaning birinchi shaxs nomidan bayon qilinishi, voqealar va faktik materiallarning koʻpligi, mu-allifning tasvir obyektiga subyektiv munosabatining oʻziga xos shaklda namoyon boʻlishi xarakterlidir. Memuarda real voqealar majmuasi, koʻpincha, siyosiy xronika, biofafik va ilmiy ahami-yatga ega materiallar b-n uzviy bogʻlanib ketadi; unda badiiy asarlarga xos syujet usullari kam ishlatiladi. Ammo muallif tasviriy vositalardan oʻrni bilan foydalanadi.

Memuarning ilk namunalari antik adabiyotda mil. av. yaratilgan. Oʻrta asrlar, Uygʻonish va keyingi davrlarda Memuarning xilma-xil turlari paydo boʻldi. Memuar yaratish Sharq adabiyotida qad. anʼanalarga ega. Nosir Xisravnchnt «Safarnoma», Zayniddin Vosifiynnng «Badoye ul-vaqoye», Boburning «Boburnoma» asarlari Memuarning namunalaridir.

Memuar larning tarixiy hujjat sifatidagi qimmati ularga xos qilib olingan voqealarning mohiyati, bayonining izchil va anikligi bilan belgilanadi. Turmushning turli vositalari, xalq urf-odatlarining aniq tasvir etilishi jihatidan Memuarlar etnografiya uchun ham muhim manbadir.

2 1 голос
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x