MARGANES OKSIDLARI

MARGANES OKSIDLARI — marga nesning kislorodli birikmalari. Marganes oksidlari oltita (MpO, Mp2O3, MpO2, Mp3O4, Mp2O7, Mp5O8) boʻlib, ular suvda erimaydigan kristall moddalardir. Mp2O7 bundan mustasno, u suvda eriydi. Yuqori oksidlari 500—1300° da quyi oksidlarga oʻtadi, kislorod atmosferasida 300°dan yuqorida 2 valentli oksidi toʻrt valentli oksidga aylanadi. Marganes oksidlari minerallar hamda temirmarganes rudalari tarkibiga kiradi.

Monooksid, MpO (manganozit minerali), geksagonal va kub koʻrinishdagi singoniyada mavjud boʻla oladi. Yarimoʻtkazgich va antiferromagnetiklik xossalarini namoyon qiladi, kuchsiz ishqoriy xossaga ega, kizdirilganda vodorod va faol metallar bilan Mp gacha qaytariladi. Marganes oksidlarining gidroksidi, oksalati, nitrat yoki karbonatini parchalab olinadi. U ferritlar, keramik materiallar i. ch. da, metallarni desul-furlashda, mikrooʻgʻitlar sifatida va piperidinni degidrogenlashda ishlatiladi, antiferromagnit material sifatida ham qoʻllanadi.

Seskvioksid, Mp2O3, a-holidagi romb va /)-holidagi kub koʻrinishidagi modifikatsiyalari maʼlum, tegishlicha kurnakit va biksbiit minerallar sifatida mavjud. 670° da «modifikatsiya /3 – modifikatsiyaga oʻtadi. MpOON ni termik parchalash yoʻli bilan olinadi.

Marganes oksid, Mp3O4, ga-usmanit minerali nomi bilan maʼlum boʻlib, 1160° da a-holatidan /3 – holatiga oʻtadi. Kimyoviy xossalari MpO va Mp2O3 larniki kabi.

Dioksid, MpO2 marganesning tabiati eng koʻp tarqalgan birikmasi va barqarori hisoblanib, /3 – modifikatsiyasi pirolyuzit minerali nomi bilan yuritiladi. Romb kurinishdagi sin-goniyasi u-MpO2 esa ramsdelit yoki polionit minerali sifatida maʼlum. U (MnNO3)2, KMnO4 yoki (MpON)2 ni parchalab olinadi. Paramagnetik, Marganes oksidlarining boshqa koʻrinishidagi oksidlari xossalarini, shu jumladan, amfoterligini namoyon qiladi. Marganes oksidlari va uning birikmalarini olishda, boʻyoq sa-noatida, sikkativlar i. ch. da, gidrometallurgiyada hamda katalizator sifatida qoʻllanadi.

Marganes (VII) – oksid, Mp2O7 (dimarganes geptaoksid, marganes angidrid) — yashil rangli moysimon suyuqlik, 50°dan yuqorida parchalanadi, kuchli oksidlovchi, yonuvchi moddalarni alangalatadi.

Oksid, Mn5Og. MpO yoki Mp3O4 ni oksidlab olinadi; MpO2 va O2 ga oson parchalanadi.

Gidroksioksid , MpO (ON), ikki modifikatsiyada maʼlum, suvda erimaydi. Marganes oksidlari zaharli.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x