METALLIDLAR

METALLIDLAR, metall birikmalar, intermetall birikmalar, intermetall fazalar, oraliq fazalar — metallarning bir-biri bilan hosil qilgan birikmalari. Oraliq metallarning baʼzi bir metallmaslar (N, V, S, N, R, O va b.) b-n hosil qilgan birikmalari ham Metallidlar jumlasiga kiritiladi. Metallidlar (mas, Mg2Sn, AlSb) tarkibiga koʻra, metallarning vodorodli birikmalariga, mas, qalay (P) gidrid H2Sn va surma (III) – gidrid H3Sb ga oʻxshaydi. Lekin koʻpgina Metallidlarning tarkibi odatdagi valent nisbatlarga toʻgʻri kelmaydigan formulalar bilan ifodalanadi. Metallidlar juda qattiq va moʻrt, metallarning xossalariga ega, jumladan, elektr oʻtkazuvchan boʻladi. Metallik xossalari, odatda, tarkibida metallarga boy birikmalar — quyi karbidlar, nitridlar, sulfidlar, oksidlar va b. kuchliroq namoyon boʻladi. Metallidlar issiqbardosh qotishmalar, mustahkam konstruksiyey materiallar, topografik krtishmalar va b. tayyorlashda qoʻllanadi.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x