MUGʻ QALʼA

MUGʻ QALʼA, Mugʻtepa, Mugʻ qoʻrgʻon — arxeologik yodgorlik (mil. 1—13-a. boshi). Namangan viloyatining Kosonsoy sh. yaqinida joylashgan. Mugʻ qalʼa 2 qismdan iborat: ark va shahriston; qoʻrgʻon (mayd. 4 ga). Har 2 qism kuzatuv minoralari boʻlgan mudofaa devori bilan oʻralgan. Ark shahristonning jan.-gʻarb tomonida, Kosonsoy daryosining tik yon bagʻrida joylashgan. Undan milodning boshlari va oʻrta asrlarga oid topilmalar chiqqan. Tarixiy manbalarga koʻra, arkda quyosh ibodatxonasi boʻlgan. Ushbu ibodatxona, Shahristoniynchnt yozishicha, xalifa Muʼtasim davrida (833—842) buzib yuborilgan. 1983-y. gi tekshirishlar natijasida Shahristondan ilk oʻrta asrlarga oid arxeologik majmua ochilgan. Tadqiqotchilar fikricha, shahriston dushmandan ustalik bilan himoya qilingan: dushman hujumi kutiladigan tomon qoʻshimcha devor bilan mustahkamlangan. Bu holat gʻanim hujumini har 2 mudofaa devoridan turib qaytarish imkonini bergan, chunki shahar darvozasi shu yerda joylashgan boʻlib, agar dushman darvozadan kirgan taqdirda ham ichkariga oʻta olmasdi va oʻziga xos «qopqon»ga tu-shardi. Mugʻ qalʼaning qoʻrgʻon qismi ark va shahristondan keyin qurilgan, undan notinch davrlarda oʻziga xos panagoh sifatida foydalanganlar. Qoʻrgʻonning alohida darvozasi boʻlgan. Tadqiqotchilar fikricha, Mugʻ qalʼa Fargʻonaning «harbiy poytaxti» hisoblangan. Yozma manbalar ehtimol aynan shu shaharni Fargʻonaning 8-a. oxiri — 9-a. boshlaridagi poytaxti sifatida qayd etgan boʻlsalar kerak.

Ad.: Bernshtam A. N., Drevnyaya Fergana, T., 1951; Matboboyev B. X., Shamsutdinov R. T., Mamajonov A., Buyuk ipak yoʻlidagi Fargʻona shaharlari, Andijon, 1994.

Boqijpn Matboboyev.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x