MINGBULOQ TUMANI

MINGBULOQ TUMANI (1994-y. gacha Zadaryo tumani) — Namangan viloyatidagi tuman. 1952-y. 29 sent. da tashkil etilgan. Sirdaryoning chap sohilida, Markaziy Fargʻonaning qoʻriq va boʻz yerlarida. Shim. dan viloyatning Chust va Toʻraqurgʻon, shim.-sharqdan Namangan, shim.-gʻarbdan Pop tumanlari, jan.-sharqdan Andijon viloyatining Ulugʻnor, jan. va jan.-gʻarbdan Fargʻona viloyati tumanlari bilan chegaradosh. Mayd. 0,74 ming km2. Aholisi 91,6 ming kishi (2002). Tumanda 1 shaharcha (Jomashoʻy), 7 qishloq fuqarolar yigʻini (Boʻston, Gulbogʻ, Goʻrtepa, Dovduq, Oltinkoʻl, Mehnatobod, Momoxon) bor. Tuman markazi Jomashuy shaharchasi.

Tabiati. Hududi, asosan, pasttekislik, koʻpchilik qismi qoʻriq va boʻz yerlar hamda kum barxanlaridan iborat. Iklimi quruq. Oʻrtacha t-ra iyulda 28°. Yanv. da — 3,5°. Vaqt-vaqti bilan shamol va boʻronlar boʻlib turadi. Yillik yogʻin 150—200 mm. Tuman hududidan Sirdaryo oqib oʻtadi. Qoʻqonkoʻl, Qolgandaryo, Toʻngʻizkoʻl, Tegirmonkoʻl kabi koʻllar bor. Goʻrtepa qishlogʻi yonida mineral buloq ochilgan. Yerlari och tus boʻz va shoʻrxok botqoq tuproq. Asosiy suv manbai — Sirdaryo, Oxunboboyev nomli kanal (uz. 45 km dan ortiq), bir necha suv oʻtkazish tarmoqlari va inshootlari mavjud. Yovvoyi oʻsimliklardan saksovul, tol, qamish, yulgʻun, gʻoʻmay, shoʻra va b. oʻsadi. Hayvonlardan tulki, chiyaboʻri, boʻri, quyon, ilon, kaltakesak, echkemar, yumronqoziq, koʻrsichqon, qushlardan chumchuq, musicha, qirgʻiy, zargʻaldoq, qargʻa, boyoʻgʻli va b. bor.

Aholisi ning aksari qismi oʻzbeklar; rus, kirgiz, koreys, tatar va b. millat vakillari ham yashaydi. Aholi zichligi 1 km2 ga 123 kishi. Shaxarliklar 11,5 ming kishi, qishloq aholisi 80,1 ming kishi (2002-y.) Xoʻjaligi. Tuman xoʻjaligi, asosan, q. x. ga ixtisoslashgan. Sanoat, transport, aloqa korxonalari bor. Shirkat xoʻjaliklari paxtachilik, gʻallachilik, bogdorchilik, sabzavotchilik, polizchilik, chorvachilik bilan shugʻullanadi. Tumanda Gulbogʻ paxta tozalash z-di, 130 dan ortiq yirik, oʻrta va kichik korxona, 550 ga yaqin kichik firma mavjud (2002). Q. x. ning yetakchi tarmogʻi — paxtachilik. M. t. da 9 shirkat xoʻjaligi va fermerlar uyushmasi bor. 2001/2002 oʻquv yilida 51 umumiy taʼlim maktabi, 1 qishloq va suv xoʻjaligi kolleji, 1 iqtidorli bolalar internati boʻlib, ularda 22 mingdan ziyod oʻquvchi taʼlim oldi, shuningdek, 1 litsey mavjud. Madaniyat saroyi, 27 ommaviy kutubxona faoliyat koʻrsatadi. Markaziy kasalxona (400 oʻrin), poliklinika, sil kasalliklari dis-panseri (125 urin), yukumli kasalliklar kasalxonasi (65 oʻrin), 4 qishloq vrachlik ambulatoriyasi, 5 qishloq vrachlik punkti, 24 feldsher-akusherlik punkta aholiga xizmat koʻrsatadi (2002). 1953-y. dan «Istiqbol sari» tuman gazetasi chiqadi (adadi 5100).

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x