MOYCHECHAK

MOYCHECHAK (Matrigaria) — murakkab-guldoshlar oilasiga mansub bir yillik oʻtsimon oʻsimlik turkumi, dorivor ekin. 50 dan ortiq turi bor. Asosan, Yevropada, Jan. Sibirda, Kavkaz, Oʻrta Osiyoda uchraydi. Koʻpgina mamlakatlarda, shu jumladan, Oʻzbekistonning Toshkent, Namangan viloyatlaridagi dorivor ekinlar yetishtiriladigan xoʻjaliklarda dorivor Moychechak (M.recutito) turi (chittigul) ekiladi. Dorivor Moychechakning boʻyi 40 sm. Poyasi bir yoki bir nechta, tik usadi, tepa qismidan shoxlanadi. Barglari ikki karra patsimon qirqilgan. Toʻpguli (savatchasi) oq, tilsimon urugʻchi gullardan iborat. Gullari oq, sariq, xushboʻy. Iyun— iyul oylarida gullab urugʻlaydi. Tarkibida 0,8% efir moyi, kumarinlar, flavonoidlar, karotin va b. moddalar bor. Tibbiyotda qoʻllaniladi. Moychechak hosili (toʻpguli) bir necha marta yigʻishtirib olinadi.. Hosildorligi: quruq toʻpguli 3—4s/ga, urugʻi 0,8—1 s/ga. Yana q. Dorivor oʻsimliklar.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x