PILLACHILIK

PILLACHILIKipak qurti boqish, pilla yetishtirish majmui; qishloq xoʻjaligining ipakchilik sanoati uchun xom ashyo yetkazib beradigan asosiy tarmoklaridan biri.

Pillachilik tarmoq sifatida Pillachilik ozuqa manbai boʻlgan tutzorlar barpo qilish; tutning yangi navlarini yaratish; ipak kurtining zotlari va durapiiarini yaratish; naslchilik ishlari, ipak kurti boqib, uning tuxumini yetishtirish; ipakchilik sanoati uchun tirik pilla tayyorlash; pillani quritib, quruq pilla standarti talablariga moye keltirib korxonalarga topshirish; pillani dastlabki qayta ishlash va b. ni kamraydi.

Oʻzbekistonda tut ipak kurti urugʻini tayyorlash, qurtini boqish, pillani dastlabki ishlash (dimlash va kuri-tish), yangi kurt zotlari va duragaylarini yaratishni va tutchilikni oʻz ichiga olgan mukammal majmua yaratilgan. Tut ipak kurti respublikaning barcha viloyatlarida yetishtiriladi. Respublika xududida tut ipak kurti juda kadimdan boqiladi. Ayrim maʼlumotlarga koʻra, ipak kurti boqish mil. 4-a. da Xitoydan Oʻrta Osiyoga tarqalgan. 1913-y. da Oʻzbekistonda 4 ming t ga yaqin pilla yetishtirilgan boʻlsa, uning 90% Fargʻona vodiysiga toʻgʻri kelgan. 1922-y. da Toshkentda «Turkipak» aksiyadorlik jamiyatining tashkil etilishi pillachilikni rivojlantirishda muhim bosqich boʻddi. 1927-y. Toshkent ipakchilik styasi negizida Oʻrta Osiyo ipakchilik i. t. instituta (1991-y. dan Oʻzbekiston ipakchilik institutы) tashkil etildi. 1930-y. larda tut koʻchati yetishtirishga aloxida eʼtibor beriddi.

1940—90 y. larda Pillachilikda yuqori oʻsish surʼatlariga erishildi, pilla yetishtirish deyarli 3 baravar koʻpaydi. 1991-y. da respublikada 33,8 ming t pilla tayyorlandi. 1993-y. dan pilla yetishtirish davlat buyurtmasidan chiqarilib, uni xarid qilish erkin kelishilgan narxlar asosida olib boriladi. Respublikada Pillachilik tarmogʻida 13 hududiy (viloyat) «Pilla» aksiyadorlik birlashma-si, 122 tumanlar «Pilla» aksiyadorlik jamiyatlari, tut urugʻi, niholi, koʻchatlari yetishtirishga ixtisoslashgan 10 shirkat xoʻjaligi, 3 ta naslli urugʻchilik z-di (Andijon, Samarqand, Fargʻona), 13 pillachilik tuxumchilik z-di (Andijon, Asaka, Buxoro, Shah-risabz, Navoiy, Namangan, Samarqand, Toshkent, Kattaqoʻrgʻon, Fargʻo-na, Qoʻqrn, Urganch, Xoʻjaobod), 8 pillakashlik korxonalari (Toshkent «Tola», «Margʻilon ipagi», Fargʻona «Buyuk ipak yoʻli», Samarqand «Hujum», «Buxoro ipagi», «Namangan ipagi», «Bulokboshi ipagi», «Xorazm ipagi» aksiyadorlik jamiyatlari) fa-oliyat koʻrsatadi. 2002-y. da Respublika Pillachilikda 21500 t tirik pilla, 8290,2 t quruq pilla tayyorlandi, 1003,2 t xom ipak, 130 t yigirilgan ipak ipi ishlab chikarildi, 415 ming quti ipak qurti tuxumi tayyorlandi, 1,5 mln. do-na tut koʻchati yetishtirildi. Tarmoqda 19 mingga yaqin xodimlar band.

Tutchilik, zotli tuxumchilik muammolari va Pillachilik sohasi uchun kadrlar tayyorlash bilan Toshkent agrar un-ti ipakchilik kafedrasi va Oʻzbekiston ipakchilik in-ti shugʻullanadi.

Jahonda pilla yetishtirish va xom ipak i. ch. boʻyicha Oʻzbekiston Xitoy, Yaponiya va Hindistondan keyin 4-oʻrinni egallaydi. Hoz. kunda yetishtirilayotgan pilla respublikaning hamma pillakashlik korxonalarini toʻliq taʼminlash bilan birga uni chet elga sotish imkonini ham beradi.

P. Xitoy, Hindiston, Yaponiya, Koreya, Braziliya, Tayvan, Pokiston, Suriya, Turkiya, Ispaniya, Misr va b. mamlakatlarda rivojlangan. Tabiiy ipak jahrnda ishlab chiqariladigan toʻqimachilik tolalarining faqatgina 0,5% ni tashkil etadi, lekin ipak va ipak gazlamalarning texnika va maishiy turmushda keng qoʻllanilishi tufayli jahon bozorida tabiiy ipakka boʻlgan talab juda yuqori (yana q. Ipakchilik sanoati).

Zohidjon Obidjonov, Davronbek Xolmatov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x