MINORAT

MINORAT (lot. Minor — kichik) — koʻchmas mulkni meros qoldirish tizimi. Bunga koʻra, vafot etgan kimsaning mol-mulki eng kichik oʻgʻil yoki aksariyat kichik qizga qoladi. Bu tartibda meros qoldirish qad. hind huquqiy toʻplamlari, oʻrta asrdagi huquqiy hujjatlarda qayd qilingan. Minorat mayoratning aksi boʻlib, asosan, dehqonlar muhitida va koʻproq aholining oʻrta hol tabaqalari orasida uchraydigan vorislik … Читать далее

MEGRELIYA KNYAZLIGI

MEGRELIYA KNYAZLIGI — Gʻarbiy Gruziyadagi knyazlik (16-a. oʻrtasi — 1867). 16-a. oʻrtalarida u Imeretiya podshohligi tarkibidan ajralib chiqqan. 1550-y. dan uning Dadiani xonadonidan boʻlgan hokimlari Imereti podshoxlarining hokimiyatini nomigagina tan olganlar. 17-a. boshigacha Megreliya knyazligi tarkibiga Abxaziya ham kirgan. 1857-y. Rossiya imperatorining Kavkazdagi noibi knyaz Baryatinskiy Megreliya knyazligida vujudga kelgan ichki nizolar, dehqonlar qoʻzgʻoloni va … Читать далее

MEHR-NARSE

MEHR-NARSE (5-a.) — Sosoniylar vaziri. M.-N. Erondagi Fors viloyatining Feruzobod sh. da tugʻilgan, qad. fors shohlari avlodidan. Sosoniy shoh^ar (Yazdigard I, 399—420; Bahrom Goʻr (Varaxran) V, 421—438; Yazdigard II, 439—457) davrlarida vazirlik qilgan. Tabariyiint maʼlumot berishicha: M.N. Zardushtga oʻxshab 1-ko-hin, 1jangchi, 1dehqon boʻlgan, u 3 oʻgʻlidan birini ruhoniylar, 2sini harbiy zodagonlar, 3sini dehqonlar tabaqalarining tepasiga … Читать далее

POLSHA

POLSHA (Polska), Polsha Respublikasi (Rzeczpospolita Polska) — Markaziy Yevropadagi davlat. Mayd. 312,7 ming km2. Aholisi 38,6 mln. kishi (2002). Poytaxti — Varshava sh. Maʼmuriy jihatdan 16 voyevoda (wojewodztwo) ra boʻlinadi. Davlat tuzumi. Polsha — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1997-y. 25-mayda qabul qilingan. Davlat boshligʻi — prezident (1995-y. dan Aleksander Kvasnevski), u P. fuqarolari tomonidan umumiy teng … Читать далее

MYUNSER

MYUNSER (Munzer, Muntzer) Tomas (taxm. 1490, Shtolberg, Gars — 1525.27.5, Myulxauzen yaqinida, Tyuringiya) — Reformatsiya davrida dehqonplebeylar ommasi yetakchisi va Germaniyada 1524—26 y. lardagi Dehqonlar urushi rahbari. Hokimiyatni zoʻrlik bilan agʻdarib tashlash, uni xalq qoʻliga topshirish va odil jamiyat oʻrnatish gʻoyalarini diniy shaklda targʻib qilgan. Tyuringiya — Saksoniyada Dex,qonlar urushining yagona markazini tuzishga uringan, lekin … Читать далее

MUHAMMAD TUGʻLOQ

MUHAMMAD TUGʻLOQ (? – 1351) – Dehli sultonligi hukmdori (1325—51). Hukmronligining dastlabki yillarida mamlakat hududini kengaytirgan. Muhammad Tugʻloq Dehli sh. da turib Dekanni boshqarish mumkin emasligini tushunib, shim. poytaxt aholisini Devagiri sh. ga koʻchirib, yangi poytaxtni Davlatobod deb atagan. Lekin bu bilan mamlakatdagi separatik harakatni toʻxtata olmagan, Jan. Hindiston, Dekan, Bengaliya Dehli sultonligidan ajralib chiqqan. … Читать далее

MIN

MIN — oʻrta asrdagi Xitoyda imperatorlar sulolasi (1368— 1644). Moʻgʻullarning Yuan sulolasi agʻdarilishi natijasida Chju Yuanʼchjan tomonidan asos solingan. 15-a. boshida bosqinchilik siyosati olib borgan. 1407-y. Xitoy qoʻshinlari Vyetnamni bosib olgan. Jan. dengizlar va Hind okeani mintaqalari tomon Chjen Xe qoʻmondonligi ostida 7 ta dengiz ekspeditsiyasi joʻnatilgan. Portugaliyaliklarning Xitoyda oʻrnashib olishga urinishlari munosabati bilan Min … Читать далее

MARDIKORLIK

MARDIKORLIK — 1) oʻrta asrlarda Oʻrta Osiyoda markaziy (xon, amir) yoki mahalliy hukumat farmoni bilan natural majburiyatni bajarish, shuningdek, katta yer egalari yerida ishlovchi dehqonlar mehnatidan foydalanish. Kanal qazish, uni taʼmir qilish, harbiy istehkomlar qurish va b. ogʻir yumushlarni bajarishda mardikorlar — safarbar qilinganlardan foydalanilgan. Baʼzan markaziy hukumat farmoni bilan Mardikorlikka viloyatlar aholisi jalb etilgan. … Читать далее

MIYONQOL QOʻZGʻOLONI

MIYONQOL QOʻZGʻOLONI — Buxoro xonligida amir Haydarnnnt soliq siyosatiga qarshi xitoyqipchoqlar qoʻzgʻoloni (1821—25). Miyonqol 19-a. ning boshlarida oʻzaro ichki nizo avj olgan hududga aylangan. Katta soliq va majburiyatlar, amaldorlarning oʻz mansablarini suiisteʼmol qilishlari dehqon va hunarmandlar turmushiga juda salbiy taʼsir qilmoqda edi. Miyonqol aholisi uchun Marvda harbiy xizmatni oʻtash yana bir ogʻir maj-buriyat boʻlgan. 1820-y. … Читать далее

MALIK SANJAR QOʻZGʻOLONI

MALIK SANJAR QOʻZGʻOLONI (1206) — Buxoro xunarmandlari koʻtargan qoʻzgʻolon. Buxoro hokimi sadr Muhammad ibn Axmad ibn Abdulazizning soliq siyosatiga qarshi qaratilgan. Unga qalqon yasovchi hunarmandning oʻgʻli Malik Sanjar boshchilik qilgan. Qoʻzgʻolon Buxoro sh. doirasidan tashqariga chiqmagan va dehqonlar orasiga yoyilmagan. Hunarmandlar sadrni va uning oilasini Buxorodan chikarib yuborganlar, ularning yer-mulklarini tortib olganlar. Sadr oʻzining siyosiy … Читать далее