MUHAMMAD TUGʻLOQ

MUHAMMAD TUGʻLOQ (? – 1351) – Dehli sultonligi hukmdori (1325—51). Hukmronligining dastlabki yillarida mamlakat hududini kengaytirgan. Muhammad Tugʻloq Dehli sh. da turib Dekanni boshqarish mumkin emasligini tushunib, shim. poytaxt aholisini Devagiri sh. ga koʻchirib, yangi poytaxtni Davlatobod deb atagan. Lekin bu bilan mamlakatdagi separatik harakatni toʻxtata olmagan, Jan. Hindiston, Dekan, Bengaliya Dehli sultonligidan ajralib chiqqan. Muhammad Tugʻloqning iqtisodiy tadbirlari: soliqlarning keskin oshishi (dehqonlar qishloklarni tashlab ketishgan, natijada dalalar ishlovsiz qolgan), davlat xazinasini toʻldirish uchun qiymati past tangalarning joriy qilinishi va b. mamlakat xoʻjaligining barbod boʻlishiga olib kelgan. Muhammad Tugʻloq oʻz davrining oʻqimishli kishilaridan boʻlib, astronomiya, falsafa, matematika va b. fanlardan xabardor boʻlgan, fors tilida sheʼrlar yozgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x