MIN

MIN — oʻrta asrdagi Xitoyda imperatorlar sulolasi (1368— 1644). Moʻgʻullarning Yuan sulolasi agʻdarilishi natijasida Chju Yuanʼchjan tomonidan asos solingan. 15-a. boshida bosqinchilik siyosati olib borgan. 1407-y. Xitoy qoʻshinlari Vyetnamni bosib olgan. Jan. dengizlar va Hind okeani mintaqalari tomon Chjen Xe qoʻmondonligi ostida 7 ta dengiz ekspeditsiyasi joʻnatilgan. Portugaliyaliklarning Xitoyda oʻrnashib olishga urinishlari munosabati bilan Min imperatori U-szun 1521-y. yevropaliklarga Xitoyga kirishni taqiklab qoʻygan va u shuning uchun Aomin (Makao)dan tashqari barcha portlarni berkitgan. Min davrida ijtimoiy ziddiyatlar va sinfiy kurashning kuchayishi 17-a. ning 20-y. larida dehqonlar urushini keltirib chiqargan. Qoʻzgolonchilar Li Szichen rahbarligida 1644-y. poytaxt Pekinni egallashgan va Min sulolasini agʻdarishgan. Xitoy mulkdorlarining bir qismi bu paytda Xitoyga bostirib kirgan manjurlar tomoniga oʻtgan va dehqonlar urushini bostirishda ularga koʻmaklashib, mamlakatda manjurlarning Sin sulolasi qaror topishiga yordam bergan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x