MEGRELIYA KNYAZLIGI

MEGRELIYA KNYAZLIGI — Gʻarbiy Gruziyadagi knyazlik (16-a. oʻrtasi — 1867). 16-a. oʻrtalarida u Imeretiya podshohligi tarkibidan ajralib chiqqan. 1550-y. dan uning Dadiani xonadonidan boʻlgan hokimlari Imereti podshoxlarining hokimiyatini nomigagina tan olganlar. 17-a. boshigacha Megreliya knyazligi tarkibiga Abxaziya ham kirgan. 1857-y. Rossiya imperatorining Kavkazdagi noibi knyaz Baryatinskiy Megreliya knyazligida vujudga kelgan ichki nizolar, dehqonlar qoʻzgʻoloni va b. dan foydalanib u yerda rus boshqaruvini joriy qilgan. Megreliya knyazligi yuridik jihatdan rasman 1867-y. barh-am topgan.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x