MUOMALA LAYOQATI

MUOMALA LAYOQATI (huquqda) — fuqaro yoki yuridik shaxsning oʻz xarakatlari bilan huquqqa ega boʻlish va oʻzi uchun majburiyat yaratish qobiliyati. Fukaroning Muomala layoqati toʻla yoki toʻla boʻlmagan hajmda boʻlishi mumkin. Toʻla hajmda Muomala layoqatiga shaxs 18 yoshga toʻlgach ega boʻladi. 14 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan va 14 yoshga toʻlmagan voyaga yetmaganlarning Muomala layoqati toʻla hajmda … Читать далее

MARKSIZM

MARKSIZM — K. Marks va F. Engels asos solgan falsafiy, iqtisodiy va siyosiy taʼlimot. Nemis mumtoz falsafasini (Gegel, Feyerbax va b.), ingliz siyosiy iqtisodini (Smit, Rikardo va b.), fransuz xayoliy sotsializmini (Sen-Simon, Furye va b.) oʻrganishga tayanib, Marks va Engels dialektik, tarixiy materializmga asoslangan falsafa, qoʻshimcha qiymat nazariyasiga asoslangan siyosiy iqtisod va kommunizm xdqidagi soxta … Читать далее

MAJOLIS UN-NAFOIS

«MAJOLIS UN-NAFOIS» («Nafislar majlislari») — Alisher Navoiy tazkirasi (1490—91; 1497—98 y. da qayta ishlangan). Turkiy tazkirachilikning ilk namunasi. Asarda 15-a. da Xuroson va qoʻshni mamlakatlarda yashagan shoir, yozuvchi va olimlar (jami 459 kishi) ijodiga oid qisqa maʼlumotlar berilgan. Maʼlumotlar yillar, geografik oʻrinlar hamda sulolaviy tartiblarga tayanib joylashtirilgan. 8 kiyem — «majlis»dan iborat. 1—2majlislarda muallifning salaflari … Читать далее

MILL Jon Styuart

MILL Jon Styuart (1806.20.5, London — 1873.8.5, Avinyon) — ingliz faylasufi, iqtisodchi va jamoat arbobi. Ost-Indiya kompaniyasida (1823—58) xizmat qilgan. 1865—68 y. larda parlament aʼzosi . Liberal va demokratik islohotlarni qoʻllab-quvvatlagan. Millning dunyoqarashi D. Rikardo, I. Bentam, J. Berkli, D. Yum va b. ning falsafiy, iqtisodiy nazariyalari taʼsirida shakllangan. U murosali siyosat va davlatning iqtisodiyotga … Читать далее

MARV JANGI

MARV JANGI — Muhammad Shayboniyxon boshchiligidagi shayboniylar qoʻshini bilan Eron shohi Ismoil I Safaviy qoʻshini oʻrtasida Marv yaqinidagi Mahmudobod qishlogʻi yonida sodir boʻlgan jang (1510-y. 4 dek.). 1509-y. Shayboniyxon shim. ga qozoklar xoni Qosimxonga, 1510-y. kuzvda Feruzkoʻhdagi hazoralar ustiga muvaffaqiyatsiz yurish qilgan. Shayboniyxon 1510-y. Hirot atrofida qoʻshiniga dam berib, koʻpgina amir va shayboniy sultonlarga oʻz … Читать далее

MAʼRIFATCHILIK

MAʼRIFATCHILIK — madaniyat va maʼnaviyat sohasidagi oqim. Uning negizini fan, bilim imkoniyatlariga katta ishonch tashkil qiladi. Maʼri-fatchilar bilimlar yordamida ijtimoiy hayotdagi nomutanosibliklar va kamchiliklarni bartaraf qilish mumkinligiga ishonganlar. Shu nuqtayi nazardan Maʼrifatchilikni mafkuraviy, ijtimoiy-falsafiy oqim deyish mumkin. Ilm-fanni egallash va targʻib qilish qad. zamonlarda boshlangan boʻlsada, Maʼrifatchilik oqim sifatida Gʻarbda 17-a. oxiri — 18-a. boshlarida, … Читать далее

METROLOGIYA

METROLOGIYA (yun. metron — oʻlchov va logos — taʼlimot) — oʻlchovlar, ularning bir xilligini taʼminlash usullari va vositalari hamda talab etilgan aniqlikka erishish yoʻllari haqidagi fan; fizika bulimi. Asosiy muammolari: a) oʻlchashlarning umumiy nazariyasi; b) kattaliklar birliklarini va ularning tizimlarini yaratish; v) oʻlchash usullari va vositalari; g) oʻlchashlar aniushgi (oʻlchashlar noaniqligi nazariyasi, oʻlchashlar xatoligi nazariyasi) … Читать далее

MENDELIZM

MENDELIZM — organizmlar belgilarining irsiylanish qonunlari haqidagi taʼlimot. Bu taʼlimotning yaratilishida Mendel tadqiqotlari hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻldi. Mendel kashf etgan irsiylanish qonunlari (q. Mendel qonunlari) M. ning poydevori hisoblanadi. Mendel qonunlari 1865-y. da kashf etilgan boʻlib, uning zamondoshlari bu kashfiyotga munosib baho bera olmagan. 1900-y. da nemis botanigi K. Korrens, Avstriya olimi E. Chermak … Читать далее

MODALLIK

MODALLIK (lot. modalis — oʻlchov, usul) — fikrning voqelikka boʻlgan munosabatlarining turli xil koʻrinishlarini, shuningdek, bildirilayotgan narsalarning subyektiv tarzda tasniflanishining turlicha koʻrinishlarini ifodalovchi funksional-semantik kategoriya. «Modallik» tushunchasini fanga Aristotel olib kirgan. «Modallik» termini maʼnaviy hajmi, grammatik xususiyatlari hamda til qurilishining turli sathlarida shakllanganligi darajasiga koʻra xilmaxil boʻlgan hodisalarni ifodalash uchun qoʻllanadi. Modallik shaxs va zamon … Читать далее

MAGNITOBIOLOGIYA

MAGNITOBIOLOGIYA — biofizikaning bir boʻlimi, tabiiy va sunʼiy magnit maydonining tirik organizmlarga taʼsirini, organlar (yurak, miya, nervlar va b.) hosil qilgan magnit maydonini hamda biologik moddalarning magnitlik xususiyatlarini tadqiq qiladi. Sunʼiy magnit maydonining odam organizmiga taʼsiri toʻgʻrisidagi maʼlumotlar qadimdan maʼlum. Oʻsha davrda magnitning shifobaxsh xususiyatiga ortiqcha baho berilgan; magnit har qanday kasallikka davoligi va hatto … Читать далее