KOʻRGAZMA

KOʻRGAZMA — insonning moddiy va maʼnaviy faoliyati sohalaridagi yutuqlarni ommaviy namoyish etish. Hoz. zamon K. lari maqsadlariga koʻra, savdo K. lari (asosan, tijorat maqsadida uyushtiriladi), maʼrifiy-targʻibiy (informatsion) Koʻrgazmalar (badiiy, ilmiy-texnika, sanoat, transport va b. sohalardagi yutuqlarni targʻib qilish); davriyligiga koʻra, muntazam oʻtkaziluvchi (har yili, bir, ikki, uch yilda bir marta va h. k.), nomuntazam oʻtkaziluvchi … Читать далее

XOJA AHROR

XOJA AHROR (taxallusi; asl ismi Xoja Ubaydulloh ibn Xoja Mahmud ibn Xoja Shahobiddin Shoshiy) (1404, hoz. Toshkent viloyatining Boʻstonliq tumani Bogʻiston qishlogʻi — 1490, Samarqand) — oʻrtaosiyolik mutafakkir, naqshbandiya tariqati rahnamolaridan. Otasi shayx Xoja Mahmud naqshbandiyaning xojagon sulukida boʻlgan, tijorat va ziroat ishlari bilan shugʻullangan. Shayx Xovandi Tohur ona tomondan uning bobosidir. Xoja Ahrorning bolalik … Читать далее

TOʻRAQULOV Nazir Toʻraqulovich

TOʻRAQULOV Nazir Toʻraqulovich (1892, okt., Qoʻqon 1937.3.11) davlat va jamoat arbobi. Qoʻqondagi rustuzem maktabi (1905), savdo bilim yurtini (1913) tugatgan. Moskva savdo intining iqtisod ftida oʻqigan (1913 — 16). ljahon urushi paytida Gʻarbiy front (Minsk yaqini) da Butun Rossiya Zemstvo ittifoqining yoʻriqchisi (1916). «Erkin dala» yashirin tashkiloti rahbari (1916). Eserlar partiyasining aʼzosi (1918). 1918—19 y. … Читать далее

XUSRAV DEHLAVIY

XUSRAV DEHLAVIY (taxallusi; toʻla nomi Yaminiddin Abdulhasan) (1253, Patyoli — 1325.27.9 Dexdi) — forstojik shoiri, adabiyotshunos, bastakor. X. D. ning otasi Sayfuddin Maxmud kesh (shahrisabz)lik boʻlib, moʻgʻullar istilosi vaktida turkiy sulolalar hukmronlik qilayotgan Hindistonga koʻchgan. Dehli sultoni Shamsuddin Eltutmish (1211— 36) unga amirlik unvonini bergan. Sayfuddin Maxmud moʻgʻullarga qarshi jangda halok boʻlgach (1261), yosh Xusrav … Читать далее

KASHTADOʻZLIK

KASHTADOʻZLIK, kashtachilik — kashta tikish kasbi, amaliy sanʼatning qad. sohalaridan biri. Arxeologik topilmalar Kashtadoʻzlikning deyarli barcha xalklarda qad. ligini, iqlim, tabiiy sharoit, muit bilan bogʻliq holda har bir xalqning madaniyati, sanʼati, kasb-hunar turlari bilan birga, ularning taʼsirida rivoj topganini koʻrsatadi. Kashtadoʻzlikning paydo boʻlishi teridan qilingan kiyimlarda bogʻlam va choklarning yuzaga kelishi bilan bogʻliq. Davrlar davomida … Читать далее

BALL

BALL (frans. balle — soqqa, shar) — raqam bilan ifodalangan baho. Biror hodisaning (mas, shamolning) tezligini, oʻquvchilarning bilimi va ahloqini, ayrim sport turlarida musobaqalar natijasini, chorva mollarining sifatini (koʻrgazmalarda) muayyan daraja buyicha baholashda shartli birlik sifatida qoʻllaniladi. Oʻzbekistondagi maktablar va Oʻrta maxsus oʻquv yurtlarida 5 B. li, oliy oʻquv yurtlarida 4 B. li tizim qabul … Читать далее

OʻSISH

OʻSISH (iqtisodiyotda) — mamlakatda tovarlar ishlab chiqarish va xizmatlar yaratish hajmining oldingi yil (davr) larga nisbatan koʻpaygan miqdorda takrorlanishi. Iqtisodiy oʻsishni taʼminlash har qanday mamlakat iqtisodiy siyosatining asosiy maqsadi hisoblanadi. Yildan yilga aholi sonining koʻpayishi, kishilar ehtiyojlarining mutassil ortib borishi iqtisodiy Oʻsishni shart qilib qoʻyuvchi asosiy sabablardandir. Iqtisodiy Oʻsish aholi turmush darajasini oshirishga, xalq farovonligini … Читать далее

FITOMASSA

FITOMASSA (fito… va massa) — maʼlum maydon (yuza birligi) yoki ayni paytda yashash joyiga toʻgʻri keladigan oʻsimliklar ^ekosistema) biomassasi yigʻindisi. Oʻsimliklarning yer usti va yer osti organlari: barglar, novdalar, gullar, mevalar, poyalar, shoxlar, ildizlar, tuganaklar, piyozlar va b. dan iborat. Biomassa kabi g/m2, kg/ ga, g/m3 va b. oʻlchovlarda ifodalanadi. Fitomassa koʻrsatkichidan ekosistemalarning biologik hosildorligiga … Читать далее

POSHSHOXOJA

POSHSHOXOJA, Poshshoxoʻja Abdulvahobxoja oʻgʻli, Xoja (1480, Niso — 1547, Buxoro) — shoir, davlat arbobi va yirik ulamo. Otasi — Abdulvaxrbxoja Sulaymonxoja oʻgʻli oʻz davrining yirik tasavvuf shayxi va shoiri boʻlgan. Poshshoxoja Niso va Marv mad-rasalarida taxsil olgan. Muhammad Shayboniyxon qozoq xonlari ustiga qilingan harbiy yurishdan qaytayotganda Nisoda toʻxtab, Poshshoxojani Durun viloya-tiga hokim qilib tayinlaydi (1508-y. … Читать далее

TERMIZIY Abu Iso

TERMIZIY Abu Iso, Imom Termiziy (toʻliq nomi Muhammad ibn Iso ibn Savra ibn Muso ibn Zaxdok Sullamiy Bugʻiy Termiziy) (824, Termiz — 892, Bugʻ qishlogʻi, hoz. Sherobod tumani) — buyuk muhaddis. Sullamiy deb nisbat berilishiga sabab bobolaridan biri sullam degan arab qabilasiga doʻst tutingan, Bugʻiy deyilishiga sabab oʻsha vaqtdagi But nomli qishloqda vafot etib, shu … Читать далее