MUOMALA LAYOQATI

MUOMALA LAYOQATI (huquqda) — fuqaro yoki yuridik shaxsning oʻz xarakatlari bilan huquqqa ega boʻlish va oʻzi uchun majburiyat yaratish qobiliyati. Fukaroning Muomala layoqati toʻla yoki toʻla boʻlmagan hajmda boʻlishi mumkin. Toʻla hajmda Muomala layoqatiga shaxs 18 yoshga toʻlgach ega boʻladi. 14 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan va 14 yoshga toʻlmagan voyaga yetmaganlarning Muomala layoqati toʻla hajmda boʻlmaydi. Ushbu yoshdagi voyaga yetmaganlar qonunda nazarda tutilgan xarakatlarni qonuniy vakillarining roziligi yoki mustaqil ravishda bajarishlariga yoʻl qoʻyiladi (q. Voyaga yetmaganlar). Fuqaroning toʻla hajmda Muomala layoqatiga ega boʻlishi uning oʻz xatti-harakatlarining ahamiyatiga baho bera olish, ular qanday oqibatlarga olib kelishi mumkinligini tushunish qobiliyatiga egaligi b-n belgilanadi. Fuqaroning oʻz xattiharakatlarining ahamiyatiga tushunish qobiliyati uning ruqiy jihatdan sogʻlom, aqli raso boʻlishiga ham bogʻliq. Bunday jihatlarga ega boʻlmagan fuqarolar muomalaga layoqatsiz deb hisoblanadi.

Hojiakbar Rahmonqulov.

0 0 голоса
Рейтинг статьи
Подписаться
Уведомить о
guest

0 комментариев
Межтекстовые Отзывы
Посмотреть все комментарии
0
Оставьте комментарий! Напишите, что думаете по поводу статьи.x